MGU talabalari Mirziyoyevdan o‘qish narxini oshirmaslikni so‘rashmoqda

© Sputnik / Dmitry Korobeinikov / Mediabankka o‘tishStudenti MGU
Studenti MGU - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oldin o‘qish narxi dollarning davlat kursida hisoblanar edi. Dollarning davlat kursi oshishi bilan yangi o‘qish yilidan o‘qish narxi ham 2 baravarga oshishi mumkin.

TOShKENT, 23-may — Sputnik. Lomonosov nomli Moskva davlat universitetining  (MGU) Toshkent filiali talabalari, O‘zbekiston prezidenti nomiga, o‘qish narxini tushirishga oid murojaatnoma yo‘llashdi.

Otborochniy tur v shkolu programmirovaniya IT-school - Sputnik O‘zbekiston
MGU filialida "IT-school" - dasturchilar maktabiga tanlov bo‘lib o‘tdi

Talabalar aytishiga qaraganda 2017-yilning sentabr oyiga qadar universitetda kontrakt o‘quv puli yiliga 4 ming dollar hajmidi belgilangan, to‘lov esa milliy valyutada davlat kursida amalga oshirilar edi. 2017-yilning 4-sentabri kursiga muvofiq, 2017-2018 yilda o‘qish narxi 16 mln 840 so‘m etib belgilangan.

Dollarning davlat kursi o‘sishi munosabati bilan, universitet rahbariyati kelasi o‘quv yiliga kontrakt  narxi oshishini xabar qilgan. Aniq narx aytilmagan bo‘lsada, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra yangi yildan talabalar kamida 26 million so‘m to‘lashi kerak bo‘ladi.

“Ushbu mablag‘ni to‘lashga qurbi yetmaydigan talabalar o‘qishni yarim yo‘lda tashlab ketishga majbur bo‘lishadi. Bu, balkim, ularining kelajagi tomiriga urilgan bolta bo‘lishi mumkin”, — deb yozilgan 133 nafar talaba imzo chekkan maktubda.

Talabalar - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi MGU filialida magistratura ochilishi mumkin

Eslatib o‘tamiz, oldin xuddi shundavy vaziyatda Shavkat Mirziyoyev INXA universiteti talabalariga yordam ko‘rsatgan edi.

Ushbu vaziyat yuzasidan Sputnik muxbiriga MGUning Toshkent filiali moliya bo‘yicha direktori Abduxakim Mamanazarov murojaat qildi.

“O‘qish narxi yozda, hujjat topshirishdan oldin belgilanadi. Uni Oliy ta’lim va Moliya vazirliklari hal qiladi. MGU o‘qish narxini belgilamaydi”, — dedi Mamanazarov.

Yangiliklar lentasi
0