Siyosat

"Geylarga erkinlik yoʻq" - Oʻzbekiston BMT tavsiyasini rad etdi

© Sputnik / Anatoliy Medved / Fotobankka oʻtishMiting LGBT-soobщestva
Miting LGBT-soobщestva - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston BMTning noanʼanaviy jinsiy hayot kechiruvchilar erkinligi borasida berilgan tavsiyalarini qabul qilmadi

TOSHKENT, 23 may — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston BMTning 212ta tavsiyadan 201tasini qabul qildi, deb taʼkidladi 23 may kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan brifingda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi direktori Akmal Saidov.

Saidovning soʻzlariga koʻra, 9 may kuni Jeneva shahrida BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashining 30-sessiyasida Oʻzbekistonning inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlari bajarilishi boʻyicha milliy maʼruzasi Universal davriy hisobot doirasida koʻrib chiqilgan. 

BMT tomonidan 212 tavsiyalar berilgan, Oʻzbekiston delegatsiyasi 201 ta tavsiyani qabul qilgan. BMTning LGBT boʻyicha tavsiyasi rad etilgan.

Uzbekskiye militsionerы - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Militsiya bir yigitni gey deb kaltaklaganlikda gumon qilinganlarni qoʻlga oldi

"Bu Oʻzbekiston Jinoyat Kodeksining 120-moddasi. Shuning uchun 11 marotaba jaranglagan bu tavsiya qabul qilinmadi, qolgan tavsiyalarni esa biz qabul qildik",- dedi Saidov.

Saidovning aytishicha, Kengashning tavsiyalari boʻyicha uzil-kesil qaror joriy yil sentyabr oyida qabul qilinadi va aynan oʻsha vaqtda Oʻzbekiston BMT tavsiyalarini hayotga tatbiq etish boʻyicha "Yoʻl xartiasi"ni qabul qiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala