Hindistonlik xonanda va bastakor O‘zbekistonda klip suratga oldi

© Facebook / Arko Pravo MukherjeeZvezdi Bollivuda snyali klip v Uzbekistane
Zvezdi Bollivuda snyali klip v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Arko taxallusi bilan ijod qiluvchi Arko Pravo Mukerji 2012-yildan buyon Bollivud kino sanoatida ijod qilib keladi.

TOShKENT, 23-may – Sputnik. Hindistonlik xonanda va bastakor Arko Pravo Mukerji O‘zbekistonda bo‘ldi va videoklip suratga oldi. Bu haqda u o‘zining Facebookdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Bir hafta davomida ertakmonand mamlakatda ajoyib insonlar guruhi bilan xuddi bir oiladek ishlash tajribasiga ega bo‘ldim. Biz deyarli uxlamadik va ko‘p vaqtimiz yo‘lda o‘tdi. Qattiq mehnat qilgan bo‘lsak ham charchoq emas yengillikni his qildik. Biz tog‘larda, uylarda, bozorlarda, go‘zal O‘zbekistonda suratga oldik! Bu ajoyib hafta uchun sizlarga rahmat!”, - deb yozadi u.

Arko taxallusi bilan ijod qiluvchi Arko Pravo Mukerji1983 yilda tug‘ilgan bo‘lib, 2012-yildan buyon Bollivud kino sanoatida ijod qilib keladi. U yigirmadan ortiq filmlarga qo‘shiq va musiqalar yozgan.  

Yangiliklar lentasi
0