Migratsiya

Uzoq Sharqdagi oqsoqollar: oʻzbekistonliklar Vladivostokda qanday yashashmoqda

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishGoroda Rossii. Vladivostok
Goroda Rossii. Vladivostok - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Vladivostokda ishlaydigan oʻzbekistonliklar Navroʻzni Russkiy orolida qanday nishonlashadi, bu haqda Sputnik muxbiriga Primorye oʻlkasidagi "Adolat" oʻzbeklar va oʻzbekistonliklar jamoat tashkiloti raisi Bahodir Nurakov soʻzlab berdi.

TOSHKENT, 24 may — Sputnik, Kseniya Nabatkina. Primorye oʻlkasida 158 millat vakillari istiqomat qilishadi, bu yerdagi muhojirlarning 80%i oʻzbekistonliklar deydi "Adolat" oʻzbeklar va oʻzbekistonliklar jamoat tashkiloti raisi Bahodir Nurakov Sputnik muxbiri bilan suhbatda.

- Primoryedagi oʻzbekistonliklar nima bilan shugʻullanishadi, qayerda ishlashadi?

— Qurilish, savdo, ishlab chiqarish sohalarida mehnat qilishadi. Soʻnggi vaqtda vatandoshlarimiz tibbiyot, davlat tizimida ham faoliyat koʻrsatishmoqda. Kimdir oʻz biznesiga ega. Koʻpchilik, albatta, bu yerga vaqtinchaga, pul topgani va keyin Oʻzbekistonga qaytib ketish uchun keladi. Ayrimlar noqonuniy ishlaydi, hammada ham har oy 4200 rubldan pul toʻlash imkoni yoʻq.

Hozirda Uzoq Sharq federal universitetida Oʻzbekistondan 400dan ortiq talaba tahsil oladi. Oʻqishni bitirganidan soʻng ayrimlar shu yerda qoladi, kimdir ordinaturaga kirishga harakat qiladi, masalan, Yaponiyaga.

- Vladivostok oʻzbekistonliklarni nimasi bilan jalb etadi?

— Oʻzbeklar bilan ishlaydigan jamoat tashkiloti raisi sifatida aytishim mumkinki, bu yerda millatlararo yirik janjallar yuz bermagan, mahalliy aholi migrantlarga nisbatan yaxshi munosabatda, shuning uchun koʻpchilik shu yerga keladi.

- Tashkilotingiz haqida soʻzlab bersangiz.

— Bu yerda har bir millatning oʻz jamoat tashkiloti bor, nima uchun oʻzbeklarniki boʻlmasligi kerak. Buning ustiga, ular bu yerda koʻpchilikni tashkil etsa. Shu bois mana shu tashkilotga asos solishga qaror qilganmiz.

Tashkilot 12 kishidan iborat oqsoqollar kengashi tomonidan boshqariladi, ularning hammasi Oʻzbekistondan, faqat hozirda Rossiya fuqarosi, 20,30,40 yildan buyon shu yerda yashashadi. Oʻzimiznikilarni qoʻllab-quvvatlash uchun hammamiz jam boʻldik.

Oqsoqollarimiz turli shaharlardan — Buxoro, Samarqand, Toshkent. Dastlab toʻrt kishi edi, keyin meni rais etib saylashdi. Soʻngra yana bir necha kishini jalb etdik. Ularga vatan va millat uchun mehnat qilish kerakligini aytdik. Oqosoqollar bilan birgalikda yirik masalalarni hal qilamiz. Masalan, u yoki bu tadbirni qayerda tashkil etish, qanday oʻtkazish kabi. Vatandoshlar murojaatlari bilan esa asosan men va maslahatchilarim ishlashadi.

- Koʻpincha qanday muammolar bilan murojaat qilishadi?

© VL.ru Baxodir Nurakov, predsedatel obщestvennoy organizatsii uzbekov i urojentsev Uzbekistana "Adolat"
 Baxodir Nurakov, predsedatel obщestvennoy organizatsii uzbekov i urojentsev Uzbekistana Adolat  - Sputnik Oʻzbekiston
Baxodir Nurakov, predsedatel obщestvennoy organizatsii uzbekov i urojentsev Uzbekistana "Adolat"

— Asosan hujjatlar bilan bogʻliq muammolar. Baʼzida maishiy yoki oilaviy muammolarni yechishda yordam berishimizga toʻgʻri keladi.

- Sizlarni qanday topishadi?

— Bu yerdagi barcha oʻzbeklar biz haqimizda bilishadi deb oʻylayman, chunki Primorye oʻlkasida yagona bunday tashkilot bizmiz. Besh yil ichida Vladivostok markazida ofisimiz ochildi, qaynoq liniya ishlab turibdi. WhatsApp orqali murojaat qilishadi.

- Primoryeda yashaydigan oʻzbeklar yigʻilib turishadimi?

— Albatta. Shaharda bir nechta milliy oshxonalar bor. Tez-tez toʻylar boʻlib turadi.

Zulayxo Kadirova - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Migrant-friendly: Ryazandagi oʻzbeklar qanday hayot kechirishmoqda

Navroʻzni har yili nishonlaymiz, oltinchi marotaba ushbu bayramni oʻtkazdik. Oxirgi marta Russkiy orolida bir yarim ming kishi jam boʻldi. Palov tayyorlaymiz, kontsert uyushtiramiz. Yordam berishga tayyor faollar, tadbirkorlar bor. Shahar ahli hatto qoʻngʻiroq qilib qachon tadbir oʻtkazilishini soʻrab turadi.

- Boshqa tadbirlarda ham qatnashasizlarmi?

— Koʻplab tadbirlarda, jumladan, shahar miqyosidagi tadbirlarda ham ishtirok etamiz. Bizning milliy liboslari va karnay-surnaylariga ega raqs va vokal jamoalarimiz bor. Ularni koʻpincha misol uchun koreyslar yoki ukrainlar oʻz bayramlariga taklif etishadi.

May oyi boshida Ussuriyskda katta palov festivali oʻtkazildi. Mehmonlar uchun 10ta qozonda osh damlandi. Biz toshkentcha palov tayyorladik.

Sport tadbirlarida ishtirok etamiz. 2014 yilda bizning jamoamiz 10ta terma jamoa qatnashgan millatlararo futbol musobaqasida birinchi oʻrinni olgan. Baʼzan oʻzimiz ham kurash, futbol boʻyicha musobaqalar uyushtiramiz.

- Oʻzbekistonga borib turasizmi? Mamlakatda boʻlayotgan oʻzgarishlar sezilyaptimi?

— Toshkentga har yili boraman: u yerda qarindosh va doʻstlarim yashaydi. Mamlakatdagi katta oʻzgarishlarni koʻrib turibman, iqtisodiyotda koʻplab islohotlar oʻtkazilyapti. Shavkat Mirziyoyev oqilona siyosat olib boryapti deb oʻylayman. U bosh vazir boʻlib ishlagan, prezident etib saylanganida esa mamlakatdagi vaziyatdan juda yaxshi xabardor edi, shuning uchun hamma ishni toʻgʻri olib boryapti. Qisqa vaqt ichida buncha narsani oʻzgartirish hammaning ham qoʻlidan kelavermaydi.

- Vladivostokda Oʻzbekistonning Bosh konsulxonasi ochilishi rejalashtirilgan. Bunga ehtiyoj bormi?

— Konsulxona judayam kerak. Uzoq Sharqda oʻzbekistonliklar koʻp, ammo kimdir hujjatini yoʻqotib qoʻysa yoki biror muammo paydo boʻlsa, Moskva yoki Novosibirskka borishiga toʻgʻri keladi, bu esa uzoq yoʻl degani.

Yangiliklar lentasi
0