Jamiyat

Oʻzbekistonlik mutaxassislar bankomat himoyasini "buzish" tanlovida uchinchi oʻrinni olishdi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ushbu anjumanda kiberhimoya boʻyicha yetuk mutaxassislar va xakerlik olamining elitasi, axborot xavfsizligi sohasidagi davlat tuzilmalari hamda yirik biznes vakillari va yosh olimlar jam boʻlishdi.

TOSHKENT, 24 may — Sputnik. Oʻzbekiston Axborot va jamoat xavfsizligi markazi mutaxassislari Moskvada boʻlib oʻtgan amaliy xavfsizlik masalalari boʻyicha xalqaro forumda ishtirok etishdi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu anjumanda kiberhimoya boʻyicha yetuk mutaxassislar va xakerlik olamining elitasi, axborot xavfsizligi sohasidagi davlat tuzilmalari hamda yirik biznes vakillari va yosh olimlar jam boʻlishdi.

"Positive Hack Days" sakkizinchi xalqaro forumi doirasida 15 daqiqada himoya vositalarini aylanib oʻtib, bankomatni buzish va qurilmadan pullarni yechib olish vazifasi qoʻyilgan "Leave ATM Alone" individual tanlovida ishtirok etgan Axborot va jamoat xavfsizligi markazi mutaxassislari uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Xalqaro forumda iqtisodiyotni raqamlashtirishda davlat va regulyatorlarning roli, moliyaviy texnologiyalarning raqamlashtirilishi, oʻta muhim axborot infratuzilmasining xavfsizligi hamda axborot xavfsizligi xatarlarini kamaytirish va nazorat qilish boʻyicha choralar, jismoniy xavfsizlikni taʼminlashning uslublari va vositalari boʻyicha muhokamalar boʻlib oʻtdi.

montajnaya komnata televizionnogo kompleksa - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston va Qozogʻiston yagona axborot maydoni yaratishni rejalashtirmoqda

Amaliy xavfsizlik masalalari boʻyicha xalqaro forumda rossiyalik va xorijlik ishlanmalar boʻyicha mutaxassislar, AX-yekspertlari va xakerlar ishtirok etishadi. Davlat hokimiyati vakillari, yirik mahalliy va chet el kompaniyalari, banklar, telekommunikatsiya, neft va gaz ishlab chiqaruvchi va IT-kompaniyalarning yetakchi mutaxassislari ishtirokida ochiq va yopiq formatda davra suhbatlari, shuningdek, mahorat darslari va laboratoriya praktikumlari oʻtkazib kelinadi.

Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi "Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazi" kompyuter hodisalari boʻyicha axborot yigʻish va tahlil qilish, axborot xavfsizligini taʼminlashga texnik va konsultativ yordam berish boʻyicha Oʻzbekistonda yagona davlat muassasasi hisoblanadi.

Markaz faoliyatining asosiy maqsadi — iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalarida axborotni muhofaza qilishning zamonaviy vositalari va metodlarini yanada rivojlantirish va keng joriy qilishni taʼminlash, shuningdek, milliy internet foydalanuvchilarini hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarini axborot xavfsizligiga tahdidlar toʻgʻrisida ogohlantirish.

Yangiliklar lentasi
0