IIV tizimida birdaniga 14ta lavozimiy tayinlov amalga oshirildi

© Sputnik / Sergey Subbotin / Mediabankka o‘tishPortfeli
Portfeli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

TOShKENT, 24-may – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlandilar. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda bildirilishicha, polkovnik Yakubjonov Botir Abdullayevich Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Ravshanov Zafar Poyonovich Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Turdiyev G‘olibjon Mustafoyevich Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Portfel s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida navbatdagi tayinlov amalga oshirildi

Shuningdek, podpolkovnik Shokirov  Sherzod  Utkirovich Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Melikulov Nurjov Latifovich Toshkent viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi.

Podpolkovnik Abduxomidov Sobirjon Abduvaxobovich Namangan viloyati, Norin tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Abdullayev  Sanjar  Maxamadolimovich Pop tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, mayor Usubjonov Ravshanbek Tojidin O‘g‘li Uychi tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

Polkovnik Adizov Umidjon Xasanovich Navoiy viloyati IIB tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Ismatov Sherzod Shukrullayevich  Navoiy viloyati, Navbahor tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Shukurov  Uyg‘un  Baxtiyorovich Nurota tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Usmonov Bekzod Absalomovich

Xatirchi tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Qurbonov Baxronjon Ismatilloyevich Konimex tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

Podpolkovnik Xoliqov Azimjon Yusupovich Buxoro viloyati, Buxoro tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0