Maktab formasi uchun gazlama Koreya bilan hamkorlikda ishlab chiqarilishi mumkin

© Foto: Assotsiatsiya "Uztekstilprom"V Uzbekistane nachali testirovat novuyu shkolnuyu formu
V Uzbekistane nachali testirovat novuyu shkolnuyu formu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida Janubiy Koreyaning Daewon Wool Textile korxonasi bilan paxta va poliester tolalari aralashmasidan tayyorlangan matolar ishlab chiqarish haiqda muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 24-may — Sputnik. Janubiy Koreyaning Daewon Wool Textile kompaniyasi O‘zbekistonga maktab formasini ishlab chiqish va joriy etishda yordam beradi, deb xabar qilmoqda Sputnik mubiri.

Bir necha kun oldin  “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida Janubiy Koreya  kompaniyasi rahbariyati bilan ushbu haqidagi muzokaralar bo‘lib o‘tgan edi. Tomonlar ushbu borada Koreya tajribasini o‘rganish va O‘zbekiston uchun maktab formasi ishlab chiqishda undan foydalanishga kelishib olishgan edi.  

Uyushmaya vakillari xorijiy mehmonlarga mahalliy dizaynerlar tomonidan ishlab chiqilgan va hozirgi damda ikki o‘quv muassasida sinovdan o‘tayotgan maktab formasini xorijiy mehmonlarga namoyish qilishdi.

Koreyalik hamkorlar o‘quvchilar formalari namunalari dizaynini yuqori baholab, ular uchun mato tanlash borasida uchun o‘z fikrlarini bildirdilar. Uchrashuv doirasida O‘zbekiston  tomoni xorijiy hamkorlar bilan paxta va poliester aralashmasidan tayyorlangan gazlamalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilishdi.

Daewon Wool Textile — Janubiy Koreyaning yetakchi to‘qimachilik korxonalaridan biridir. Korxona IVY Club brendi ostida maktab o‘quvchilari va talabalar uchun formali kiyim bosh ishlab chiqaradi. Undan tashqari kompaniyaning Vyetnamda joylashgan korxonasi jun va poliester aralashmasidan  matolar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan, 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab maktab o‘quvchilari uchun yagona ko‘rinishdagi formali kiyim bosh joriy etiladi.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” va ta’lim vazirligi maktab o‘quvchilari uchun kiyim bosh yaratishga yetakchi mahalliy dizaynerlarni taklif qilgan edi. Ular tomonidan yaratilgan kiyimlar ichida 10 ta model ota-onalar va mutaxasisslar tomonidan tanlab olingan edi. Ayni damda tanlab olingan namunalar Toshkent va Sirdaryodagi maktablarda sinovdan o‘tmoqda.   

Yangiliklar lentasi
0