Jamiyat

Oʻzbekistonda 22 mingdan ortiq xonadon maishiy texnika bilan taʼminlandi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishKonforki gazovoy plitы
Konforki gazovoy plitы - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kam taʼminlangan oilalarda istiqomat qiluvchi 1200 nafarga yaqin bemor insonga sogʻligʻini tiklashi uchun 4 million soʻmdan, 2200 oilaga uy-joylarini taʼmirlash uchun 10 million soʻmdan moddiy yordam koʻrsatildi.

TOSHKENT, 24 may — Sputnik. Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan respublikada kam taʼminlangan oilalarning ijtimoiy-maishiy ahvolini oʻrganish natijasida 22 mingdan ortiq xonadon maishiy texnika bilan taʼminlandi, deb xabar qildi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi matbuot xizmati.

Fura - Sputnik Oʻzbekiston
Samarqand viloyati hokimi seldan jabrlangan surxondaryoliklarga begʻaraz yordam yubordi

Xabarda aytilishicha, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan oʻrganish natijalariga koʻra uy-joyga, maishiy texnika jihozlariga ehtiyoji bor, yashash joylarini taʼmirlash, tibbiy xizmat borasida amaliy yordamga muhtoj oilalar aniqlanib, aholining kam taʼminlangan toifalariga begʻaraz yordam koʻrsatish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirildi.

Oʻtgan davr mobaynida respublika boʻyicha 22 mingdan ortiq xonadon kundalik turmushda zarur boʻlgan maishiy texnika jihozlari bilan taʼminlandi. Kam taʼminlangan oilalarda istiqomat qiluvchi 1200 nafarga yaqin bemor insonga sogʻligʻini tiklashi uchun 4 million soʻmdan, 2200 oilaga uy-joylarini taʼmirlash uchun 10 million soʻmdan moddiy yordam koʻrsatilib, uy-joylari taʼmirlab berildi.

Shuningdek, Toshkent shaharida istiqomat qiluvchi 1166 nafar kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarning yashash sharoitlarini oʻrganib chiqildi.

Oʻrganishlar natijasida 55 ta ehtiyojmand oilaning uy-joyga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun 6 mlrd. 875 mln. soʻm, 275 ta kam taʼminlangan oilaning uy-joyini taʼmirlash uchun 3 mlrd. 850 mln. soʻm, 66 nafar ijtimoiy himoyatalab insonning sogʻligʻini tiklash uchun amaliy yordam koʻrsatish bilan birga, jarrohlik operatsiyalari uchun zarur mablagʻlarni tegishli muassasalarga oʻtkazib berish uchun 264 mln. soʻm, 770 ta ehtiyojmand oilani kundalik turmushda zarur boʻlgan maishiy texnika jihozlari bilan taʼminlash maqsadida 2 mlrd. 310 mln. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilishi belgilab olindi.

Meditsinskiye rabotniki - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Barcha viloyatlarda qizlar salomatlik markazlari va ayollar maslahatxonalari ochiladi

Joriy yil 24 may kuni Shayxontohur tumanida oʻtkazilgan tadbirga tumanda istiqomat qilayotgan 70 nafar kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan, ijtimoiy-iqtisodiy koʻmakka muhtoj va nogironligi boʻlgan oilalar vakillari, yolgʻiz keksalar taklif etildilar. Tadbirda ularning har biriga zamonaviy gaz plitalari topshirildi.

Tadbirda kasaba uyushma faollari Shayxontohur tumanidagi Katta Oqtepa mahalla fuqarolar yigʻini, Gulxaniy koʻchasida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oilalardan biri — Nargiza Xolmetova hamda Zafarobod mahallasidagi Zafarobod koʻchasida yashovchi boquvchisini yoʻqotgan oilalardan biri boʻlgan Sharifa Abdukarimova xonadonlariga ham tashrif buyurib, maishiy texnika jihozlarini taqdim etdilar.

Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilayotgan tadbirlar poytaxtining Chilonzor, Mirzo Ulugʻbek, Uchtepa, Mirobod, Yakkasaroy, Olmazor, Yashnobod, Yunusobod va Bektemir tumanlarida ham oʻtkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida 630 dan ortiq kam taʼminlangan oilalar maishiy texnika jihozlari bilan taʼminlandi.

Yangiliklar lentasi
0