Ayol-qizlar madrasasi veb sayti ochildi, deb xabar berdi Musulmonlar idorasi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishVeruyushie v mecheti
Veruyushie v mecheti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Toshkent shahar vakilligi "Xadichai Kubro" ayol-qizlar madrasasi veb sayti ochilganligi to‘g‘risida xabar qildi

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Toshkent shahridagi "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus Islom bilim yurtining xadicha.uz nomida rasmiy veb sayti ochildi.

"Mazkur veb saytda bilim yurti tarixi, bugungi faoliyati, ta’lim tizimi, bilim yurti qoshida tashkil etilgan pullik o‘quv kurslari hamda madrasa o‘qituvchilari va talabalarining diniy-ma’rifiy maqolalari, badiiy ijodlari bilan tanishish mumkin", — deb xabar qilgan Musulmonlar idorasi Toshkent shahar vakilligi matbuot-xizmati.

Veb saytning Facebook  va Telegram ijtimoiy tarmoqlarida ham rasmiy sahifalari mavjud.

Idora xadicha.uz  veb sayti faoliyatiga Alloh taolodan muvaffaqiyatlar tilagan va "ayollarimiz uchun Islom ma’rifatini, dinimiz sofligini targ‘ib etishda muhim tayanch bo‘lishlariga umid bildiramiz", — deb qo‘shimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0