Ozarbayjon prezidenti sudlangan O‘zbekiston fuqarosini afv etdi

© Sputnik / Murad OrujovZdanie Administratsii Prezidenta Azerbaydjanskoy Respubliki
Zdanie Administratsii Prezidenta Azerbaydjanskoy Respubliki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farmoyishga ko‘ra, afv 600 dan ortiq kishiga nisbatan qo‘llanildi

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Ozarbayjon prezidenti Ilxom Aliyev payshanba kuni respublikaning 100-yilligi munosabati bilan afv etish to‘g‘risida farmoyishni imzoladi, deb xabar qildi Sputnik Ozarbayjon.

Hujjatda qayd aytilishicha, Ozarbayjon yetakchisi 2015-yil 18-noyabrda Baku sudi tomonidan o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun sudlangan — 1991-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Toxir Aliyevni afv qilgan.

Ushbu farmoyishga ko‘ra, afv 600 dan ortiq kishiga nisbatan qo‘llanildi.

Ularning aksariyati ozodlikdan mahrum qilish muddatining qolgan qismidan ozod qilingan, qolganlari esa shartli jinoiy jazodan ozod qilingan.

Yangiliklar lentasi
0