O‘zbekiston harbiylari Xalqaro armiya o‘yinlari tanlovlarida qatnashishadi

© Minoboroni UzbekistanaVoyennoslujashie uzbekskoy armii
Voyennoslujashie uzbekskoy armii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Voljsk shahrida (Volgograd viloyati) bo‘lib o‘tadigan tanlovda Rossiya, Belorussiya, Vyetnam, Serbiya, Xitoy, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston vakillari qatnashadi

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Xalqaro armiya o‘yinlari “Muhandislik formulasi” tanlovida sakkiz mamlakat, jumladan O‘zbekiston ham ishtirok etadi.

Bu haqda Rossiya Qurolli Kuchlari muhandislik qo‘shinlari boshlig‘i general-leytenant Yuriy Staviskiy ma’lum qildi, deb yozadi RIA Novosti.

"Voljsk shahrida (Volgograd viloyati) bo‘lib o‘tadigan tanlovda Rossiya, Belorussiya, Vyetnam, Serbiya, Xitoy, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston vakillari qatnashadi", — dedi u.

Xitoyning Korla poligoni o‘quv bazasida esa “Xavfsiz yo‘nalish” tanlovi o‘tkaziladi. Unda ham yuqoridagi sakkiz mamlakat harbiylari ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0