Jamiyat

Toshkentda 20dan ziyod noqonuniy “Yandeks.Taksi” avtomobillari jarima maydoniga joʻnatildi

© Flickr / Robert WilsonMashina taksi v Uzbekistane
Mashina taksi v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshqarmasi “Yandeks.Taksi” mobil ilovasi orqali yoʻlovchi tashish bilan noqonuniy tarzda shugʻullangan haydovchilarni aniqlagan.

TOSHKENT, 26 may – Sputnik. Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi tegishli litsenziya olmasdan “Yandeks.Taksi” foydalanuvchilarini tashish bilan shugʻullangan 26 nafar haydovchini aniqladi. Bu haqda UzNews xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Toshkentda yoʻlovchi tashish xizmati koʻrsatuvchi oʻnlab xizmatlar qator vakolatli tashkilotlarga (Davlat raqobat qoʻmitasi, Axborot-kommunikatsiya vazirligi, Avtomobil transporti agentligi, Raqobat qoʻmitasi) “Yandeks.Taksi”ning Oʻzbekiston hududida noqonuniy faoliyat koʻrsatishiga chek qoʻyishni soʻrab jamoaviy murojaat yoʻllagan.

Avtomobil Yandeks. Taksi v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Yandeks.Taksi" Oʻzbekistonga nimalar olib kelmoqda?

Murojaatda aytilishicha, “Yandeks.Taksi” mobil internet-serverini ishga tushirgan nomaʼlum shaxslar respublika hududida xoʻjalik yurituvchi subʼyektni roʻyxatdan oʻtkazmasdan hamda qonunchilikda koʻzda tutilgan qator meʼyorlarga rioya qilmagan holda (tegishli litsenziyalarga ega boʻlmasdan) oʻz tijoriy faoliyatini boshlagan.

Aytilishicha, murojaat tegishli idoralarga 11 may kuni yoʻllangan.

Xabarga koʻra, Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshqarmasi “Yandeks.Taksi” mobil ilovasi orqali yoʻlovchi tashish bilan noqonuniy tarzda shugʻullangan haydovchilarni aniqlagan.

Ana shunday 26 nafar haydovchiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 176-3-moddasi (“Avtomobil transportida yoʻlovchi tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shugʻullanish”)ga muvofiq bayonnomalar rasmiylashtirilgan, ularning avtomobillari esa jarima maydoniga yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala