“O‘zbekiston havo yo‘llari” uchta shaharga qatnovlar sonini oshirdi

© Press-slujba "Uzbekiston xavo yullari"Boeing dlya "Uzbekiston xavo yullari"
Boeing dlya Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bishkek, Rostov-Don va Mineralnie-Vodiga qatnovlar soni oshdi

TOShKENT, 26-may – Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bir nechta shaharlarga qatnovlar sonini oshirdi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, 4-iyundan boshlab, Toshkent-Bishkek-Toshkent yo‘nalishida qatnovlar sonini oshiradi. Uchinchi muntazam qatnov dushanba kunlari quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):

Dushanba: HY -779 Toshkent 06:55 – Bishkek   09:10

Uzbekskie avialinii prinyali v ekspluatatsiyu yeshe odin samolet Boeing 787-8 Dreamliner - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston havo yo‘llari" aviaparkiga yana bir Boeing-787 Dreamliner samolyoti keltirildi

Dushanba: HY -780 Bishkek   10:30 – Toshkent 10:50

18 iyundan boshlab, Toshkent-Rostov-Don-Toshkent yo‘nalishida qatnovlar soni oshadi. Qo‘shimcha qatnov dushanba kunlari quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):

Dushanba: HY-647 Toshkent 14:20 – Rostov-Don 16:10

Dushanba: HY -648 Rostov-Don 18:10 – Toshkent 23:40

19 iyundan boshlab, Toshkent-Mineralnie-Vodi-Toshkent yo‘nalishida qatnovlar soni oshadi. Qo‘shimcha qatnov seshanba kunlari quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):

Seshanba: HY -645 Toshkent 09:00 – Mineralnie-Vodi 10:30

Seshanba: HY -646 Mineralnie-Vodi 12:30 – Toshkent 17:35

Barcha qatnovlar Airbus-320 zamonaviy havo laynerlarida amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0