Dunyoda

Abdulaziz Kamilov "Primakov oʻquvlari" forumida ishtirok etadi

2018 yilda boʻlib oʻtadigan "Primakov oʻquvlari"ning mavzusi - "Oʻzgaruvchan dunyo muvozanati tahdidlari" deb belgilangan. Unda 22 xorijiy mamlakatdan 65 nafar yetakchi ekspert va diplomatlar ishtirok etadi.

TOSHKENT, 27 may — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Adulaziz Kamilov 28-30 may kunlari Moskvaga tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

"2018-yilning 28-30-may kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov amaliy tashrif bilan Rossiyada boʻladi va "Primakov oʻquvlari" anʼanaviy xalqaro forumida ishtirok etadi hamda nutq soʻzlaydi", — deyilgan xabarda.

Shuningdek, A. Kamilov Moskvada ikki tomonlama uchrashuvlarda ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.

"Primakov oʻquvlari" (Primakovskiye chteniya) — Rossiya davlat arbobi va akademigi Yevgeniy Primakov nomini olgan, har yili Moskvada oʻtkaziladigan xalqaro forumdir.  Unda butun dunyoda koʻzga koʻringan ekspertlar, siyosatchilar va diplomatlar ishtirok etib, shu kunning muhim siyosiy va iqtisodiy muammolarni muhokama qilishadi, fikr almashishadi.

2018 yilda boʻlib oʻtadigan "Primakov oʻquvlari"ning mavzusi — "Oʻzgaruvchan dunyo muvozanati tahdidlari" deb belgilangan. Unda 22 xorijiy mamlakatdan 65 nafar yetakchi ekspert va diplomatlar ishtirok etadi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala