Jamiyat

IIBB: Eski pasportlar amal qilishi 1 iyuldan toʻxtatiladi

Ushbu yilning 1 iyulidan boshlab eski pasportdan foydalangan fuqarolar maʼmuriy javobgarlikka tortiladi - IIBB.

TOSHKENT, 27 may — Sputnik. Toshkent shahar IIBB ushbu yilning 1 iyulidan boshlab eski turdagi biometrik boʻlmagan pasportlarning amal qilishi toʻxtatilishini yana bir esga soldi.

"Toshkent shahar IIBB 2018 yil 1 iyuldan biometrik boʻlmagan fuqarolik pasportlarining amal qilmasligi hamda buning uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanganligini maʼlum qiladi. Sizdan oʻz vaqtida pasportlaringizni almashtirishni soʻraymiz", — deyilgan xabarda.

Shuningdek, fuqarolarga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida, Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va uning tuman boʻlimlari 26 maydan eʼtiboran soat 08:00 dan xizmat koʻrsatishni boshlaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala