Navoiy va Zarafshon shaharlariga yangi hokimlar tayinlandi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPortfel
Portfel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Navoiy shahriga sobiq Zarafshon shahri hokimi Bozorov Muhiddin, Zarafshonga esa - Rajabov Anvar hokim etib tayinlandi.

TOShKENT, 27-may — Sputnik. Bugun Navoiy va Zarafshon shaharlariga yangi hokimlar tayinlandi, deb xabar qilmoqda Navoiy viloyat hokimligi matbuot xizmati. 

Portfel s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Jizzax va Navoiy viloyatlarida IIB rahbari o‘zgardi

Navoiy shahrida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shu vaqtga qadar Navoyi shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Umarbek Xalilovning Bosh Prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan Nazorat inspeksiyasi rahbari lavozimiga o‘tkazilishi munosabati bilan uni shahar hokimi lavozimidan ozod qilish haqidagi qaror qabul qilindi.

Shu bilan bir vaqtda Navoiy shahar hokimi lavozimiga shu kunga qadar Zarafshon shahri hokimi lavozimida ishlab kelgan Bozorov Muhiddin hokim etib tayinlandi. Bozorov 2013-yildan buyon Zarafshon shahri hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shu kunning o‘zida Zarafshon shahrida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari kengashi majlisida Rajabov Anvar shahar hokimi lavozimiga saylandi. Rajabov Anvar 2017-yilning mart oyidan buyon Navoiy shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0