Dunyoda

Suriyada toʻrt nafar Rossiya harbiylari qurbon boʻldi

© Sputnik / Mikhail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishRazrushennыe stroyeniya v rayone bыvshego lagerya palestinskix bejentsev Yarmuk v yujnom prigorode Damaska
Razrushennыe stroyeniya v rayone bыvshego lagerya palestinskix bejentsev Yarmuk v yujnom prigorode Damaska - Sputnik Oʻzbekiston
Dayr-az-Zar viloyatida jangarilar hujumi oqibatida 4 nafar rossiyalik harbiylar qurbon boʻldi.

TOSHKENT, 27 may — Sputnik. Suriyadaning Dayr-az-Zor viloyatida toʻrt nafar rossiyalik harbiylar qurbon boʻldi, deb xabar qilmlqda Rossiya mudofaa vazirligi. 

“Suriya artilleriya batareyasi oʻtini boshqarib turgan ikki nafar rossiyalik harbiy maslahatchilar voqea joyida halok boʻlishdi. Yana besh nafar rossiyalik askarlar yaralanib gospitalga yotqizildi. Ulardan ikki nafarining hayotini saqlab qolishning iloji boʻlmadi”,  — deyilgan xabarda.  

Harbiy muassasa xabariga koʻra, Suriyaningn Dayr-az-Zar viloyatida jangarilarning bir necha guruhi qorongʻu vaqtda Suriya armiyasining artilleriya batareyasiga hujum qilgan. Suriya askarlari va rossiyalik maslahatchilar jangarilarga qarshi bir soatdan ortiq jang qilgan. Ularning harakatlari natijasida 43 nafar terrorchi, 6ta yirik kalibrli pulemyotlar oʻrnatilgan yoʻltanlamas avtomobillar yoʻq qilingan.

Ushbu jangda ishtirok etgan barcha rossiyalik askarlarga davlat mukofotlari beriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala