Buzoqning yugurgani somonxonagacha, traktor o‘g‘risiniki-chi?

CC BY-SA 2.0 / t_y_l / P9091079Traktor na avtomobilnoy trasse
Traktor na avtomobilnoy trasse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatida traktor o‘g‘risi uch yildan so‘ng qo‘lga olindi.

TOShKENT, 27-may – Sputnik. Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida uch yil oldin traktor o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.   

“2015 yil 26-aprel kuni «Ego Agro Product» fermer xo‘jaligi rahbari A.G. IIBga murojaat qilib, unda 2015 yi 25-aprelga o‘tar kechasi noma’lum shaxs shu fermer xo‘jaligi dalasidan TTZ-75 J “New Holland-U” rusumli traktorini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Angren shahrida yashovchi, A.E. sodir etganligi aniqlanib ushlandi va undan daliliy ashyo sifatida traktor olindi”, — deyilgan xabarda.

Ushbu munosabat bilan, IIV fuqarolarga o‘z mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni, qarovsiz qoldirmaslikni maslahat beradi. O‘zbekiston uchun g‘ayrioddiy holat bo‘lgan traktor o‘g‘irligi, boshqa mamlakatlarda kam uchraydigan holat emas.

Xususan, Rossiyada qishloq xo‘jaligi va qurilish texnikasini o‘g‘irlash hollari juda ko‘p uchraydi. Buning asosiy sababi — ularning qiymati avtomobildan bir necha barobar qimmatligidir. Ya’ni o‘g‘irlikdan mo‘may daromad olish mumkin. Ikkinchidan  bunday texnika ko‘p hollarda kerakli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi, davlat belgilariga ega bo‘lmaydi. Bu ularni qidirishni mushkullashtiradi.  Uchinchidan ulardan odatda yollangan ishchilar foydalanadi va ba’zi hollarda qarovsiz tashlab ketiladi. To‘rtinchidan, bu kabi texnikaga signalizatsiya va qo‘riqlash uskunalari o‘rnatilmaydi. 

Yangiliklar lentasi
0