"Aniq emas": Turizm qoʻmitasi oʻz raisi Bosh vazir oʻrinbosari boʻlganini tasdiqlamadi

© Mejdunarodnыy press-klubGlava gosudarstvennogo komiteta po turizmu Aziz Abduxakimov
Glava gosudarstvennogo komiteta po turizmu Aziz Abduxakimov - Sputnik Oʻzbekiston
Ilgariroq Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Qahramon Valiyevich Akmalov lavozimdan olingani haqida xabar berilgan edi

TOSHKENT, 28 may — Sputnik. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripovning oʻrinbosari etib tayinlandi, deb xabar tarqatdi Kun.uz nashri oʻz manbasiga tayangan holda.

Pustoye kreslo - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bosh vazir oʻrinbosarlaridan biri lavozimidan ozod etildi

Ushbu xabarga aniqlik kiritish maqsadida Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga qoʻngʻiroq qilganida, matbuot-xizmati vakili hozircha bu borada izoh bera olmasligini maʼlum qildi.

"Hozircha bu aniq emas", — dedi u.

Eslatib oʻtamiz, Aziz Abduhakimov 1974 yilda tugʻilgan. 2014 yil yozidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini boshqargan. Avvalroq Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan. 2017 yilning avgust oyidan beri Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Ilgariroq Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari – Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari Qahramon Valiyevich Akmalov lavozimdan olingani xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala