Erini qo‘shnisidan rashk qilgan kattaqo‘rg‘onlik ayol uning kenja qizini bolta bilan chopdi

© Sputnik / StringerOkazanie pervoy pomoshi
Okazanie pervoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qizaloqning "Xolajon, sizga nima bo‘ldi?” degan savoli Gulsanamni quturtirib yuboradi, u xonadagi boltani olib qizga hujum qiladi. Ayol yana bir necha bor bolaning tanasiga bolta uradi. Gulnigor zarbalardan joyida halok bo‘ladi

TOShKENT, 28-may — Sputnik. Kattaqo‘rg‘onda qo‘shnisining qizini vaxshiylarcha o‘ldirgan ayol 15-yilga qamaldi, deb xabar berdi "Zarafshon" nashri.

Xabarda aytilishicha, Gulsanam (ismi o‘zgartirilgan) ushbu jinoyatni rashk tufayli sodir etgan. U erini ikki farzandi bilan beva qolgan Mavludadan rashk qila boshlagan.

Kunlarning birida Gulsanam aytganini qilmagani uchun o‘z turmush o‘rtog‘idan qattiq kaltak yeydi. Oradan ikkin kun o‘tib, uyda kenja qizi borligiga qaramay, aroq ichib, "o‘zini unutgisi keladi".

Toshkent yaqinida ayol kishining bo‘laklab ketilgan jasadi topildi

Kayfi oshgach ko‘zguga qarab, ko‘kargan yuzi, bo‘yni va oyog‘ini tomosha qilib turganida, uyga kenja qizining sinfdoshi — Mavludaning qizi Gulnigor kirib keladi.

Qizaloqning "Xolajon, sizga nima bo‘ldi?” degan savoli Gulsanamni quturtirib yuboradi, u xonadagi boltani olib qizga hujum qiladi. Ayol yana bir necha bor bolaning tanasiga bolta uradi. Gulnigor zarbalardan joyida halok bo‘ladi.

Xabarda aytilishicha, qotillikni sodir etgach, Gulsanam katta qizi Nozima bilan jasadni qishloq chetidagi axlatxonaga olib borib tashlashadi, qizning portfeli va kiyimini esa hojatxonaga tashlashdi.

Qizaloqni bir hafta davomida mahalla faollaridan boshlab ichki ishlar xodimlarigacha – barcha-barcha izlaydi.

Shunda, ichki ishlar xodimlari bilan suhbatda Mavluda qizi qo‘shnisining farzandi bilan do‘st bo‘lgani, ularnikiga tez-tez mehmonga borib turganini aytdi. Ichki ishlar xodimlari Gulsanam hovlisidagi hojatxonada portfel va o‘ldirilgan qizaloqning kiyimlarini, axlatxonada esa Gulnigorning maydalangan jasadini topishadi.

Nashr xabariga ko‘ra, ayol o‘z aybiga iqror bo‘lgan. Sud uni 15-yil 3 oyga qamoq jazosiga mahkum etgan.

Yangiliklar lentasi
0