Hodisalar

Erini qoʻshnisidan rashk qilgan kattaqoʻrgʻonlik ayol uning kenja qizini bolta bilan chopdi

© Sputnik / StringerOkazaniye pervoy pomoщi
Okazaniye pervoy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Qizaloqning "Xolajon, sizga nima boʻldi?” degan savoli Gulsanamni quturtirib yuboradi, u xonadagi boltani olib qizga hujum qiladi. Ayol yana bir necha bor bolaning tanasiga bolta uradi. Gulnigor zarbalardan joyida halok boʻladi

TOSHKENT, 28 may — Sputnik. Kattaqoʻrgʻonda qoʻshnisining qizini vaxshiylarcha oʻldirgan ayol 15 yilga qamaldi, deb xabar berdi "Zarafshon" nashri.

Xabarda aytilishicha, Gulsanam (ismi oʻzgartirilgan) ushbu jinoyatni rashk tufayli sodir etgan. U erini ikki farzandi bilan beva qolgan Mavludadan rashk qila boshlagan.

Kunlarning birida Gulsanam aytganini qilmagani uchun oʻz turmush oʻrtogʻidan qattiq kaltak yeydi. Oradan ikkin kun oʻtib, uyda kenja qizi borligiga qaramay, aroq ichib, "oʻzini unutgisi keladi".

Hodisalar
Toshkent yaqinida ayol kishining boʻlaklab ketilgan jasadi topildi

Kayfi oshgach koʻzguga qarab, koʻkargan yuzi, boʻyni va oyogʻini tomosha qilib turganida, uyga kenja qizining sinfdoshi — Mavludaning qizi Gulnigor kirib keladi.

Qizaloqning "Xolajon, sizga nima boʻldi?” degan savoli Gulsanamni quturtirib yuboradi, u xonadagi boltani olib qizga hujum qiladi. Ayol yana bir necha bor bolaning tanasiga bolta uradi. Gulnigor zarbalardan joyida halok boʻladi.

Xabarda aytilishicha, qotillikni sodir etgach, Gulsanam katta qizi Nozima bilan jasadni qishloq chetidagi axlatxonaga olib borib tashlashadi, qizning portfeli va kiyimini esa hojatxonaga tashlashdi.

Qizaloqni bir hafta davomida mahalla faollaridan boshlab ichki ishlar xodimlarigacha – barcha-barcha izlaydi.

Shunda, ichki ishlar xodimlari bilan suhbatda Mavluda qizi qoʻshnisining farzandi bilan doʻst boʻlgani, ularnikiga tez-tez mehmonga borib turganini aytdi. Ichki ishlar xodimlari Gulsanam hovlisidagi hojatxonada portfel va oʻldirilgan qizaloqning kiyimlarini, axlatxonada esa Gulnigorning maydalangan jasadini topishadi.

Nashr xabariga koʻra, ayol oʻz aybiga iqror boʻlgan. Sud uni 15 yil 3 oyga qamoq jazosiga mahkum etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala