Dunyoda

Kelib chiqishi nomaʼlum oq qum Oʻzbekistondan keyin Turkmanistonni ham qoplab oldi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishGoroda mira. Ashxabad
Goroda mira. Ashxabad - Sputnik Oʻzbekiston
Yakshanba kuni Oʻzbekiston poytaxtida kuchli shamol koʻtarilib, atrof koʻrinishi oq-sargʻish qum bilan qoplangan edi

TOSHKENT, 28 may — Sputnik, Omongeldi Nurmuradov. Dushanba kuni ertalab kelib chiqishi nomaʼlum oq qum Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrini qoplab oldi, deb xabar qildi RIA Novosti muxbiri.

Posledstviya afrikanskoy peschanoy buri na yuge Rossii. - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toʻfon tufayli Urgenchga uchgan samolyotlar boshqa aeroportlarga qoʻnishga majbur boʻldi

Eslatib oʻtamiz, yakshanba kuni Oʻzbekiston poytaxtida kuchli shamol koʻtarilib, atrof koʻrinishi oq-sargʻish qum bilan qoplangan edi.

Ashxobodning mahalliy aholisi soʻzlariga koʻra, kuchli qumli toʻfonlar Turkmaniston poytaxtini oldin ham qoplagan, ammo qum shahar ustida xuddi tumanga oʻxshab osilib turishi holati ilk marotaba kuzatilmoqda.

Aytilishicha, sal keyinroq Turkmanistonning boshqa hududlaridan ham chang yuzasidan shikoyatlar kelib tushgan.

Turkmaniston milliy Gidrometeorologiya qoʻmitasi va mahalliy OAVlar ushbu holatga izoh bermayaptilar. Oʻz navbatida, Markaziy Osiyo mamlakatlari mahalliy nashrlari, ushbu qumli toʻfon sababi etib, Orol dengizidan koʻtarilgan va Turkmaniston hamda Oʻzbekistonni qoplab olgan tuzli toʻfonni koʻrsatishgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala