Iqtisod

Kiyevda Ukraina-Oʻzbekiston iqtisodiy forum oʻtkaziladi

© AFP 2018 / VASILY MAXIMOVUlitsa Kreщatik v Kiyeve.
Ulitsa Kreщatik v Kiyeve. - Sputnik Oʻzbekiston
Tadbirni 6 iyunda oʻtkazish rejalashtirilgan boʻlib, Ukrainadagi Oʻzbekiston elchixonasi, Ukraina savdo sanoat palatasi va ICC Ukraine tomonidan oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 28 may — Sputnik. Kiyevda 6 iyun kuni Ukraina-Oʻzbekiston iqtisodiy forum oʻtkaziladi, deb xabar qildi Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.

Vыstavka Textile Expo Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston Ukraina bilan birgalikda iqtisodiy forum oʻtkazadi

“Forum tashkilotchilari fikriga koʻra, iqtisodiyot tarmogʻining eng muhim sohalarda aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan istiqbollariga bagʻishlangan boʻlishi kerak: bular qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, alkogolsiz ichimchiliklarni ishlab chiqarish, neftgaz, energetika, axborot texnologiyalar va telekommunitsiya, elektrotexnika, turizm sohalarida hamkorlik qilish koʻzda tutilgan ”, - deyilgan xabarda.

Bundan tashqari, tadbir davomida logistika, transport, axborot texnologiyalar, telekommunikatsiya, mashinasozlik, aviasozlik, kimyoviy va tibbiyot tarmoqlarda hamkorlik qilish masalalariga ham toʻxtalib oʻtiladi.

Forum Ukrainadagi Oʻzbekiston elchixonasi, Ukraina savdo-sanoat palatasi, ICC Ukraine va “Stenli guruhi" tomonidan oʻtkaziladi.

Shu bilan birga, Ukraina nafaqat Oʻzbekiston bilan, balki Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala