Siyosat

Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya Jenevadagi xalqaro konferentsiyada ishtirok etmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPredsedatel Komiteta jenщin Uzbekistana Tanzila Narbayeva
Predsedatel Komiteta jenщin Uzbekistana Tanzila Narbayeva - Sputnik Oʻzbekiston
Konferentsiyada ijtimoiy muloqot va mehnat bozoridagi gender tengligi kabi mehnat sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi

TOSHKENT, 28 may - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya Jenevadagi Xalqaro 107-mehnat konferentsiyasi ishida ishtirok etmoqda deb xabar qildi OʻzA.

Konferentsiyada ijtimoiy muloqot va mehnat bozoridagi gender tengligi kabi mehnat sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi, deyiladi nashr xabarida. 

Oʻzbek delegatsiyasi aʼzolari konferentsiya davomida Oʻzbekistonda aholi uchun loyiq mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan keskin choralar, shuningdek, Xalqaro mehnat tashkiloti bilan ijtimoiy mehnat munosabatlari sohasida ijobiy ish tajribasi toʻplanganligi toʻgʻrisida maʼlum qiladi.

Mejdunarodnaya konferentsiya organizovannaya po initsiative Federatsii profsoyuzov RUz - Sputnik Oʻzbekiston
Tanzila Norboyeva Oʻzbekiston ayollarini kutayotgan muhim yangilik haqida gapirdi

Eslatib oʻtamiz, joriy yil 25 aprel kuni Toshkentda oʻtkazilgan xalqaro konferentsiyada Norboyeva Oʻzbekistonda ayollar huquqini ilgari surish boʻyicha institutsional mexanizm yangi yoʻnalishlarga ega boʻlishini aytgandi.

"Oʻzbekiston Qonunchilik palatasida: yuqori va quyi palatalarda ayollarimizning bugungi ishtiroki shu kechayu-kunduzda ayollar oʻz oldiga qoʻygan talablarga mutlaqo javob bermaydi. Bu ayollarimizning faolligiga mutlaqo mos emas. Yaʼni, oliy darajada ayollarimizning 15, 16, 17 % oʻrinlarni egallashlari biz uchun emas, Oʻzbekiston uchun emas", — degan edi Norboyeva.

Oʻzbekiston Bosh vazir oʻrinbosari 2019 yilda boʻlib oʻtadigan saylovlarda davlat boshqaruv organlarida ayollar 30%ni tashkil etishlariga qonunan erishishni maqsad qilib qoʻyilganini maʼlum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala