Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya Jenevadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPredsedatel Komiteta jenshin Uzbekistana Tanzila Narbayeva
Predsedatel Komiteta jenshin Uzbekistana Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Konferensiyada ijtimoiy muloqot va mehnat bozoridagi gender tengligi kabi mehnat sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi

TOShKENT, 28-may - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya Jenevadagi Xalqaro 107-mehnat konferensiyasi ishida ishtirok etmoqda deb xabar qildi O‘zA.

Konferensiyada ijtimoiy muloqot va mehnat bozoridagi gender tengligi kabi mehnat sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi, deyiladi nashr xabarida. 

O‘zbek delegatsiyasi a’zolari konferensiya davomida O‘zbekistonda aholi uchun loyiq mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keskin choralar, shuningdek, Xalqaro mehnat tashkiloti bilan ijtimoiy mehnat munosabatlari sohasida ijobiy ish tajribasi to‘planganligi to‘g‘risida ma’lum qiladi.

Mejdunarodnaya konferensiya organizovannaya po initsiative Federatsii profsoyuzov RUz - Sputnik O‘zbekiston
Tanzila Norboyeva O‘zbekiston ayollarini kutayotgan muhim yangilik haqida gapirdi

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 25-aprel kuni Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada Norboyeva O‘zbekistonda ayollar huquqini ilgari surish bo‘yicha institutsional mexanizm yangi yo‘nalishlarga ega bo‘lishini aytgandi.

"O‘zbekiston Qonunchilik palatasida: yuqori va quyi palatalarda ayollarimizning bugungi ishtiroki shu kechayu-kunduzda ayollar o‘z oldiga qo‘ygan talablarga mutlaqo javob bermaydi. Bu ayollarimizning faolligiga mutlaqo mos emas. Ya’ni, oliy darajada ayollarimizning 15, 16, 17 % o‘rinlarni egallashlari biz uchun emas, O‘zbekiston uchun emas", — degan edi Norboyeva.

O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari 2019-yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda davlat boshqaruv organlarida ayollar 30%ni tashkil etishlariga qonunan erishishni maqsad qilib qo‘yilganini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0