Video

Toshkentga “Xalqlar doʻstligi” qaytdi yoki oʻtmishning ikkinchi nafasi

Taniqli telejurnalist, kultura.uz sayti asoschisi Boris Babayev “Xalqlar doʻstligi” maydonining tarixi va Shomahmudovlar oilasi haykali mazmun-mohiyati haqida oʻz fikrlarini Sputnik muxbiriga soʻzlab berdi.

Maydon va kontsert zaliga “Xalqlar doʻstligi” nomini qaytarilishi  - bu adolatning qaytarilishidir.

“1966 yilda Toshkentda boʻlgan zilziladan soʻng katta oʻzgarishlar sodir boʻladi – bu yerga vayron boʻlgan shaharni qayta tiklash uchun butun sobiq Ittifoqdan odamlar kela boshlaydi”, - deydi u.

Poytaxtda palatka maydonlari paydo boʻla boshladi. Palatkalarda Sobiq ittifoqning turli respublika va shaharlaridan kelgan quruvchilar yashaydi. Ulardan biri aynan shu yerda - Toshkentning Chilonzor tumaniga oʻtuvchi trassa yoʻli boʻylab joylashgan. Aynan shu sharoitda, yaʼni zilziladan soʻng - “Xalqlar doʻstligi” nomi paydo boʻladi.

“Vaziyat oʻta jiddiy boʻlgan. 8,5 balli dahshatli zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun koʻp mehnat qilish kerak edi. Barcha kelganlar jabrlanganlarga tezroq boshpana qilib berish, shaharga butunlay yangicha qiyofa yaratishga harakat qilishadi. Oʻsha vaqtda Toshkentda mutlaqo ajoyib doʻstlik va oʻzaro hamjihatlik muhiti hukm suradi”, - deb eslaydi Babayev.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala