Hodisalar

Xorazmda ikki shaxs IIB xodimlarini doʻpposlab, jarohatladi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMujchina v naruchnikax
Mujchina v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu hodisa 25 may kuni Yuqoridoʻrmon qishlogʻidan oqib oʻtuvchi “Amudaryo” daryosi boʻyida sodir boʻldi.

TOSHKENT, 28 may — Sputnik. Xorazmda 25 may kuni ikki shaxs IIB xodimlariga qarshilik koʻrsatib, ularga jarohat yetkazishdi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Yuqoridoʻrmon qishlogʻidan oqib oʻtuvchi "Amudaryo" daryosi boʻyida Chandirqiyot qishlogʻida yashovchi, muqaddam 3 marotaba sudlangan, J.S. va ukasi, muqaddam 2 marotaba sudlangan, H.S. mast holda shu yerda dam olayotgan fuqarolar bilan janjallashayotganliklari holati yuzasidan chaqiruv asosida voqea joyiga Urganch tuman IIBdan 2 nafar profilaktika inspektori yetib kelib, surishtiruv ishlari olib borayotganlarida J.S. va H.S. xodimlarga qarshilik koʻrsatib, urib jarohat yetkazganlar.

J.S. va H.S. qoʻlga olingan. Jarohat olgan IIB xodimlariga tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala