Iqtisod

Oʻzbekistonda pensiya miqdori nega kam?

© Sputnik / Said Tsarnayev / Fotobankka oʻtishVыdacha pensiy v pochtovom otdelenii
Vыdacha pensiy v pochtovom otdelenii  - Sputnik Oʻzbekiston
Pensiya yetarli boʻlishi uchun, soliq toʻlovchilar soni pensiya oluvchilarga nisbatan 1:4 miqdorida boʻlishi kerak. Oʻzbekistonda ushbu koʻrsatgich 1:1,5 ga teng.

TOSHKENT, 28 may – Sputnik.  Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya fondi Oʻzbekistonda pensiya taʼminot tizimining bugungi holati, istiqbollari va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi kontseptsiya loyihasi eʼlon qilindi.

Demografik omillar

Denejnыe kupyurы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimiga doir yangi qaror qabul qilindi

Oʻzbekistonda umumiy aholi sonida nafaqa oluvchilar ulushi yildan yilga oshib bormoqda. Xususan 2010 yilda aholining 5,9 % nafaqaxoʻr boʻlgan boʻlsa 2018 yilda ularning soni – 7,4 % gacha oshgan. Prognozlarga koʻra ushbu koʻrsatgich 2019 yilda 9%dan oshadi, 2025 yilga kelib esa – 11 %ga yetadi.

Buning sabablari bir nechta: Oʻzbekistonda nafaqaga chiqish yoshi nisbatan past: Erkaklar – 60, ayollar – 55. Masalan: Qozogʻistonda 63/58, Janubiy Koreyada 60/60, Britaniyada 65/60, Yaponiyada 65/65.

Ikkinchi sabab, bolalar koʻp tugʻilgan 50-60 yillarda (bebi-bum) tugʻilgan fuqarolar aynan hozir pensiya yoshiga yetgan.

Nafaqa miqdori

Maʼlumki, Oʻzbekistonda pensiya miqdori – munosib hayot kechirishini taʼminlay  olmaydigan darajada kam. Buning sabablari bir necha.

fonendoskop - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ishlayotgan shifokor-pensionerlar pensiyani toʻliq miqdorda oladi

Birinchidan, soliq toʻlovchilar soni juda kam. Oʻzbekistonda mehnatga layoqatli aholi soni 17 mln kishi boʻlsa, shundan 10,2 mln kishi (60%) pensiya fondiga hech qanday toʻlovlar amalga oshirmaydi. Ular yo umuman ishlamaydi, yo iqtisodning “yashirin” sektorida faoliyat yuritadi.

Xalqaro  mehnat tashkiloti talablariga muvofiq, soliq toʻlovchilar soni pensiya oluvchilarga nisbatan 1:4 miqdorida boʻlishi kerak. Oʻzbekistonda bugungi kunda ushbu koʻrsatgich 1:1,5ga teng.

Ikkinchidan, Oʻzbekistonda ij staji 7 yildan kam boʻlmagan shaxslarga pensiya tayinlash huquqi berilgan. Yaʼni fuqaro mehnatga layoqatli yoshida 7 yil ishlasa kifoya, keyin u pensiyaga umid qilishi mumkin.

Vaholanki, Xalqaro Mehnat tashkilotining Konventsiyasiga muvofiq, yoshiga doir pensiya olish uchun eng kam ish staji 15 yil etib belgilangan.  

Otkrыtiye dachnogo sezona v Novgorodskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda 2018 yil 1 iyuldan boshlab tomorqachilarga pensiya beriladi

Solishtirish uchun, Qozogʻistonda - 10 yil, Rossiyada kelasi yildan – 10 yil, Janubiy Koreya, Belorussiyada – 10 yil, Ozarbayjonda – 12 yil, Estoniya, Litvada – 15 yil.

Uchinchidan, pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarining samarasiz taqsimlanishi natijasida. Xususan, jamgʻarma mablagʻlarining sezilarli qismi imtiyozli pensiyalarni taʼminlashga sarflanadi. Bunday pensiyalar jami pensiyalarning salkam 20% ini tashkil qiladi.

Pensiya tizimini isloh qilish kontseptsiyasi  

  • Normativ huquqiy bazani yaxshilash;
  • Zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimini joriy etish;
  • Tizimining ijtimoiy adolati va samaradorligini oshirish. Pensiyaga chiqish yoshini bosqichma bosqich oshirib borish, eng kam ish staji miqdorini oshirish;
  • Ragʻbatlantiruvchi mexanizmlarni joriy etish. Ish staji va pensiya miqdori orasida bogʻliqlikni oshirish;
  • Fuqarolarning ixtiyoriy ishtirokini taʼminlash. Masalan: ishlayotgan er uchun xotinining boʻlajak pensiyasiga sugʻurta toʻlash imkonini yaratish.

Hujjatning toʻliq matni bilan Pensiya jamgʻarmasi sahifasida tanishing.  

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala