Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari qachondan haqiqiy emas deb topiladi

© Sputnik / Vadim ShekunVoditelskoe udostoverenie Uzbekistana
Voditelskoe udostoverenie Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yil 1-oktabrdan boshlab 2020-yilning 31-dekabr kuniga qadar eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari yangisiga, ularning berilgan sanasidan qat’i nazar egasining yozma arizasiga ko‘ra ixtiyoriy ravishda almashtirib beriladi.

TOShKENT, 29-may – Sputnik. 2021-yil 1-yanvardan boshlab eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas, deb topiladi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.

Bildirilishicha, Vazirlar Mahkamasining "Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 116-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston  hududida 2017-yil 1-oktabrdan boshlab o‘rnatilgan tartibda milliy haydovchilik guvohnomasining yangi namunalari berilishi yo‘lga qo‘yildi.

Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi 10-yil muddatga beriladi. Haydovchi undan foydalanganidan so‘ng har o‘n yilda almashtirib turishi kerak.

Voditelskoe udostoverenie Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
IIBB haydovchilik guvohnomalarini berish to‘xtatib qo‘yilgani sababini tushuntirdi

Ta’kidlanishicha, o‘n yil davomida insonning tashqi ko‘rinishi o‘zgarishi, bu esa uning hujjatlarini tekshirish jarayonida turli tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

“2017 yil 1-oktabrdan boshlab 2020-yilning 31-dekabr kuniga qadar eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari yangisiga, ularning berilgan sanasidan qat’i nazar egasining yozma arizasiga ko‘ra ixtiyoriy ravishda almashtirib beriladi. Shundan keyin, ya’ni  2021-yil 1-yanvardan boshlab eski namunadagi barcha haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas, deb topiladi va bu haydovchilik guvohnomalari bilan avtomototransport vositalarini boshqarish, haydovchilik guvohnomasisiz avtomototransport vositalarini boshqarish bo‘lib hisoblanadi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ushbu yangi hujjat    2017-yil 1-oktabr kunidan boshlab haydovchilar tayyorlash kurslarini tamomlaganlarga nazariy va amaliy imtihonlardan o‘tganlaridan so‘ng berila boshlandi. Shuningdek, biror-bir sabab bilan eskirgan, yaroqsiz holga kelib qolgan haydovchilik guvohnomasi va uning taloni yangisiga hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalarining ro‘yxatga olish va imtihon bo‘limlarida almashtirib beriladi.

Shu bilan birga, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti ishlab chiqildi. Ushbu reglament jismoniy shaxslarga haydovchilik guvohnomasini yangi namunasiga almatirish tartibini belgilaydi. Bu xizmat shu yilning 4-aprel kunidan Toshkent shahrining Mirobod tumanida, 3-may kunidan boshlab Namangan shahrida o‘z faoliyatini boshlagan edi. 14-may kunidan esa Toshkent shahrining Yunusobod va Uchtepa tumanlaridagi Yagona davlat xizmatlari markazlarida haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish boshlandi. Shuningdek, bu xizmat yaqin kunlarda Qo‘qon shahrida ham ishga tushiriladi. Bosqichma-bosqich respublikaning boshqa hududlarida ham bu kabi xizmatlarni yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Voditel za rulem avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston
O‘n ming nafar o‘zbekistonlik yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘ldi

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun fuqarolar doimiy yashash joyidagi hududiy davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazlariga haydovchilik guvohnomasi va uning taloni hamda fuqarolik pasportining nusxasini taqdim etadi. Bu yerda tegishli ariza namunasini to‘ldiradi. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazlari shu hududda doimiy ro‘yxatda turuvchi fuqarolarga haydovchilik guvohnomasini almashtirish xizmatlarini ko‘rsatadi. Davlat xizmatlari markazlari, hududiy YHXB ro‘yxatlash imtihon olish bo‘limlari bilan elektron bog‘langan holda fuqarolarning haydovchilik guvohnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanadi.

Ariza beruvchilar haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YaIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.

Xabarda aytilishicha, haydovchilik guvohnomasi va uning talonini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish uchun eng kam oylik ish haqining 70 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Yangiliklar lentasi
0