Gubernator kubogi: Bugun o‘zbekistonlik 10 bokschi final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadi

© Sayt NOK UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po boksu
Sbornaya Uzbekistana po boksu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mutaxassislar Hasanboy Do‘smatov va Bektemir Meliqo‘ziyev ishtirokidagi janglar qizg‘in va murosasiz o‘tishini kutishmoqda.

TOShKENT, 29-may – Sputnik. Bugun boks bo‘yicha Sankt-Peterburg gubernatori kubogi musobaqalarida o‘zbekistonlik o‘n nafar bokschi final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadi. Bu haqda Sankt-Peterburg boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bugungi janglarda o‘zbekistonliklarga quyidagi bokschilar raqib bo‘lishadi:

Sbornaya Uzbekistana po boksu - Sputnik O‘zbekiston
Sankt-Peterburgdagi boks musobaqasiga O‘zbekiston eng kuchli tarkib bilan yo‘l oldi

49 kg vaznda Hasanboy Do‘smatov — Umed Bobojonov (Rossiya), 52 kg vaznda Jasurbek Latipov — Azat Maxmetov (Qozog‘iston), 56 kg vaznda Shahobiddin Zoirov — Sirojiddin Abdullayev (Qirg‘iziston), Miraziz Mirzaxalilov — Baxtovar Nazirov (Rossiya), 60 kg vaznda Shunqor Abdurasulov — Adlet Kurmetov (Qozog‘iston), 64 kg vaznda Iqboljon Xoldarov — Pavel Fodorov (Rossiya), 75 kg vaznda Isroil Madrimov — Vitaliy Bondarenko (Belarus), 81 kg vaznda Bektemir Meliqo‘ziyev — Andrey Kosenkov (Rossiya), 91 kg vaznda Sanjar Tursunov — Muslim Gadjimagomedov (Rossiya), 91 kgdan og‘ir vaznda Bahodir Jalolov — Ilya Kvasnikov (Rossiya).

Mutaxassislar Hasanboy Do‘smatov va Bektemir Meliqo‘ziyev ishtirokidagi janglar qizg‘in va murosasiz o‘tishini kutishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0