Toshkentda zamonaviy ko‘p qavatli parkovkalar quriladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishMnogoyarusnaya parkovka
Mnogoyarusnaya parkovka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Parkovka qavatlarining soni loyiha va qurilish uchun tanlab olingan joyga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, parkovkalar yer osti va ikki-uch yer usti qavatlariga ega bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 29-may — Sputnik. Toshkentda aholi turar joylardagi eski temir garajlar o‘rniga zamonaviy ko‘p qavatli parkovkalar quriladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Sergeli yarmarkasining taqdiri bayramdan keyin hal qilinadi

Bugungi kunda poytaxtda parkovka muammosi o‘ta dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Avtoturargohlar nafaqat shaharda, balki yaqin atrofdagi hududlarda, ayniqsa aholi zich joylashgan hududlarda yetarli emas.   

Aholi turar massivlarda ko‘p hollarda mashinalar tartibsiz qo‘yilmoqda. Bu o‘z navbatida tez yordam yoki maxsus xizmat mashinalari o‘tishi uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari, avariya yoki ta’mirlash ishlarini bajarish uchun kommunal xizmatlarga qiyinchiliklarni keltirmoqda.  

“Hozir biz qo‘p qavatli avtoturargohlarni qurilishi uchun bir necha joylarni ko‘rib chiqmoqdamiz. Masalan, “Bibigon” kafe orqasida hozir temir garajlar joylashgan yer va Qorasuv-6 da ham joy mavjud. Hozirda aniq manzillar va nechta avtoturargohlar qurilishi haqida biron-bir aniq ma’lumot aytish qiyin”, — deya izoh berdi Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Ergashev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qurilishni boshlash uchun ko‘plab hujjatlarni kelishish kerak. Xususan, mart oyida aholi uchun ko‘p qavatli avtoturargohlarni barpo etishga joylar belgilab olingan.

“Men o‘ylaymanki, yilning ikkinchi yarmida, masalan, iyul oyida bunday qurilishlar boshlanishi mumkin. Bunday qurilishlar bo‘lishi muqarrar, chunki kelajakda aynan bunday turargohlar zarur, bu masalaning boshqa yechimi yo‘q. Axir bu amaliyot jahon tajribasiga asoslangan”, — deya o‘z fikrini bildirdi hokim.  

Shu o‘rinda, parkovka qavatlarining soni loyiha va qurilish uchun tanlab olingan joyga bog‘liq bo‘ladi deb qo‘shimcha qildi Irgashev. Uning tahminiga ko‘ra, turargohlar misol uchun, yer osti va ikki-uch yer usti qavatlariga ega bo‘lishi mumkin.

“Bugungi kunda, uylar atrofini aylanib ko‘rsangiz ko‘p mashinalarni ko‘rasiz. Mashinalarni bolalar o‘ynaydigan maydonchalar, podyezlar yaqinida qoldirish mutlaqo mumkin emas. Albatta bunga chek qo‘yish kerak. Buning uchun avval biz turargohlarni qurib berishimiz kerak, keyin esa taqiq va jarimalarni joriy etish kerak”, — deb ta’kidladi Ergashev.  

Ushbu yo‘nalishda muayan ish olib borilayotganligini ta’kidlab o‘tdi: hokimiyat vakillari uy atrofi hududlarini mashinalardan “tozalash” reydlari doirasida maktablar va muhim obyektlarga o‘tish yo‘llari mashinalardan bo‘shatilmoqda.

Biroq hokim so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda aholi turar joylaridagi hamma joylar ko‘p qavatli tururgohlar barpo etishga imkon bermaydi. Bunday hollarda yengil naveslarni barpo etish rejalashtirilgan.  

“Ularni maxsus quriqlash kerak emas. Shahar bo‘ylab 80 foiz mashinalarni hech kim qo‘riqlamaydi. Qorovul, budka – bular hammasi harajat. Shaxsiy mulk qonun bilan himoyalangan. Aholi turar joylarda videokamerlar o‘rnatilgan. Ularning yordami bilan Mirzo Ulug‘bek tumanida huquqbuzarliklar soni o‘tgan yilga nisbatan 40 foizga kamaydi”, — deb yakun yasadi hokim.  

Yangiliklar lentasi
0