Iqtisod

“Chiroyli” avtoraqamlar davlat byudjetiga qancha daromad keltirgani maʼlum boʻldi

© Sputnik / Taras LitvinenkoDevushka stavit novыe avtomobilnыe nomera
Devushka stavit novыe avtomobilnыe nomera - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻtgan davr mobaynida onlayn auktsion orqali 59 ta avtomobil raqamlari sotildi.

TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Oʻtgan davr mobaynida onlayn auktsion orqali 59 ta avtomobil raqamlari sotildi, deb xabar qildi "OʻzRTXB" AJ matbuot xizmati.

Ularning 43 tasi jismoniy shaxslarga, 16 tasi yuridik shaxslarga sotilgan. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 761 mln soʻmdan oshdi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning deyarli 68% birinchi toifadagi avtoraqamlar, 22% bitimlar ikkinchi toifa avtoraqamlar va 10% bitimlar 3-toifa avtoraqamlar boʻyicha tuzilgan.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Buxoro viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 23% ga teng.

Keyingi oʻrinda Toshkent shahri va Toshkent viloyati avto havaskorlari 22% ulush bilan joylashdi. Uchinchi oʻrin Fargʻona va Samarqand viloyatlari avto havaskorlariga tegishli boʻlib, har birining ulushi 12% ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 31% ga teng.  

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala