Jamiyat

Kamilov Moskvada Lavrov bilan uchrashdi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishVstrecha glav MID RF i Uzbekistana S. Lavrova i A. Kamilova
Vstrecha glav MID RF i Uzbekistana S. Lavrova i A. Kamilova - Sputnik Oʻzbekiston
Uchrashuvda Oʻzbekiston-Rossiya kun tartibidagi bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Moskvada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Kamilov Rossiyaga amaliy tashrif bilan keldi hamda “Primakov oʻquvlari” xalqaro forumida ishtirok etdi.

Kamilov: voyennogo resheniya situatsii v Afganistane net - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Abdulaziz Kamilov "Primakov oʻquvlari" forumida ishtirok etadi

"Oʻzbekiston TIV rahbari jahonda eʼtirof etilgan ilmiy-ekspertlik maydonidan biri va yirik olim-sharqshunos, Rossiyaning atoqli davlat va jamoat arbobi, sobiq bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri xotirasiga bagʻishlangan forumning muvaffaqiyatli oʻtkazilishi bilan S.Lavrovni tabrikladi”, - deyiladi xabarda.

Uchrashuvda Oʻzbekiston-Rossiya kun tartibidagi bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Avvalo Toshkent shahrida kuz oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin uchrashuvi kun tartibi yuzasidan takliflar koʻrib chiqildi.

Muzokaralarda Rossiya prezidentining Oʻzbekistonga boʻlajak davlat tashrifi ittifoqlik va strategik sheriklikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish, unga aniq va uzoq muddatli tus berish uchun alohida ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Shuningdek, vazirlar tomonidan ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala