Siyosat

Mirziyoyev "Rosatom" bosh direktori Lixachyovni qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s glavoy "Rosatoma"
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s glavoy Rosatoma - Sputnik Oʻzbekiston
Uchrashuvda oʻtgan yili imzolangan Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim doirasida yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi

TOSHKENT, 30 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Rosatom" davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyovni qabul qildi, deb xabar berdi prezident matbuot-xizmati.

Emblema Rosatoma, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rosatom Oʻzbekiston bilan atom stantsiyasini qurish masalasini muhokama qilmoqda

"Muzokarada fan va yuqori texnologiyalar sohasida uzoq muddatli sheriklik aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, ikki mamlakat ilmiy-tadqiqot institutlari va innovatsiya markazlari oʻrtasida, jumladan, oʻtgan yili imzolangan Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim doirasida yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi", - deyiladi xabarda.

Qoʻshma dastur va loyihalar doirasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish muhimligi taʼkidlandi.

"Rosatom" davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov samimiy qabul uchun Oʻzbekiston rahbariga minnatdorlik bildirib, Rossiya Federatsiyasi rahbariyatining salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Rossiya ikki mamlakat va xalqlarning manfaatlari yoʻlida energetika sektorida keng koʻlamli sheriklik va oʻzaro foydali ilmiy-texnologik hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdorligi va bunga tayyorligi alohida qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala