Madaniyat

Muqobil energiya boʻyicha chempion – Navoiy viloyati

Davlat statistika qoʻmitasi xabariga koʻra, Oʻzbekistonda muqobil energiya manbaalaridan foydalanishda Navoiy viloyati birinchi oʻrinda.

TOSHKENT, 30 may – Sputnik. Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan 2018 yilning aprel oyida oʻtkazilgan tadqiqodga koʻra, Oʻzbekistonda muqobil energiya manbaalaridan foydalanish nisbatan past darjada qolmoqda.

Izlanishda ishtirok etgan yuridik shaxslarning faqat 3,9 % muqobil energiya manbaalaridan foydalanadi. Oʻtgan yilda ushbu koʻrsatgich 3,7 % edi.

Ushbu yuridik shaxslarning aksariyati – 2,7 % biogaz qurilmalaridan foydalanishi aniqlangan. Shu bilan birga oʻtgan vaqt davomida quyosh batareyalaridan  foydalanuvchilar soni 1,4 %dan 1,9 %gacha,  quyosh kollektorlaridan foydalanuvchilar soni 0,5%dan 1 %gacha oshgan.  

Viloyatlar boʻyicha muqobil energiyadan foydalanishda Navoiy viloyati yetakchilik qilmoqda. Bu yerda izlanishda ishtirok etgan yuridik shaxslarning 12,5 % muqobil energiya manbaalaridan foydalanishadi. Ushbu koʻrsatgich Qashqadaryo viloyatida 7,5 %, Toshkentda - 4,3 % va boshqa viloyatlarda 2-3 %ni tashkil qilgan.

Tadqiqodning toʻliq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala