Rossiyaning eng yirik universitetlaridan biri o‘zbekistonliklarni o‘qishga taklif etadi

© RossotrudnichestvoAbituriyentka pokazivayet svoi raboti pered priyemnoy komissiyey na podgotovitelnie kursi RSNK
Abituriyentka pokazivayet svoi raboti pered priyemnoy komissiyey na podgotovitelnie kursi RSNK - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ural Federal universiteti Rossiyada budjet o‘rinlar bo‘yicha yetakchi o‘rinda turadi

TOShKENT, 30-may — Sputnik. Ural Federal universiteti O‘zbekiston fuqarolarini o‘qishga taklif etadi, deb xabar berildi "Rossotrudnichestvo" saytida.

Bu yil universitet bakalavr, magistr va aspirantlar uchun aniq, texnik, ijtimoiy-gumanitar, iqtisod va boshqaruv yo‘nalishlari bo‘yicha 4295ta budjet o‘rinlarni taklif etmoqda.

Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Rossiya oliygohlarida o‘qish uchun tanlov o‘tkaziladi

UrFUda o‘qishni istaydigan abiteriyentlar 2018-yil 25-iyun sanasiga qadar saytda ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Test imtihonlari 2-6 iyul sanasida Toshkent shahridagi "Rossotrudnichestvo" binosida bo‘lib o‘tadi.

Quyidagi havola orqali kirish imtihonlari ro‘yxati va minimal o‘tish ballari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Test imtihonlari har bir fan bo‘yicha uzog‘i bilan 90 daqiqadan davom etadi.

Test o‘tkazilishi sanasi haqida har bir abituriyent ro‘yxatdan o‘tgach, javob xatida alohida ogohlantiriladi.

Abituriyentlardan 1-avgustga qadar ma’lumoti bo‘yicha hujjatining asl nusxasi va o‘qishga qabul qilinish haqida roziligi haqida ariza talab etiladi.

Yangiliklar lentasi
0