Iqtisod

Toshkentda viloyatlarga investitsiyalarni jalb qilish masalasi muhokama qilindi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы i monetы raznыx stran
Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston
Muhokamada bir qator vazirlik va hokimliklar, ilmiy tadqiqot institut vakillari hamda auditorlik kompaniyalar ekspertlari qatnashdi.

TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasida respublika viloyatlaridagi investitsion muhit muhokama qilindi, deb xabar qildi ushbu qoʻmita matbuot xizmati.

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi mutaxassislari viloyatlarda investitsion muhitni reyting baholash uslubiyotini muhokamaga qoʻyishdi.

“Oʻzbekiston viloyatlar investitsion muhitni aniqlash tizimi gʻarbiy investor uchun oʻz qarorni qabul qilish boʻyicha zaruriy vositaga aylanishi kerak”, - deb taʼkidladi boshqarma boshligʻi Nodir Abdullayev.

Savdo-sanoat palatasi mutaxassisi Oleg Rыjichenko ishbilarmon muhitni baholash boʻyicha soʻrovlarni tashkil etish boʻyicha tajriba bilan oʻrtoqlashdi.

© Gosudarstvennыy komitet Respubliki Uzbekistan po investitsiyamV Gosudarstvennom komitete Respubliki Uzbekistan po investitsiyam sostoyalos zasedaniye Konsultatsionnogo Soveta
Toshkentda viloyatlarga investitsiyalarni jalb qilish masalasi muhokama qilindi - Sputnik Oʻzbekiston
V Gosudarstvennom komitete Respubliki Uzbekistan po investitsiyam sostoyalos zasedaniye Konsultatsionnogo Soveta

Savdo-sanoat patalasi tashabbusi bilan muntazam ravishda tadbirkorlar orasida ikki xildagi soʻrovlar oʻtkaziladi: viloyatlarda va Savdo-sanoat palatasi filial tumanlarida.

Soʻrovnomalar viloyatlar boʻyicha biznes muhit boʻyicha haqqoniy maʼlumotlarni olish, tadbirkorlar duch kelayotgan muammolarni aniqlashga yordam beradi. Savdo-sanoat palatasi xodimlari muammolar yechimi boʻyicha ish olib boradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala