Jamiyat

Toshkentda yoʻl nozirlari yon kameralarni sinovdan oʻtkazmoqda

© Foto: GUVD TashkentaGUVD goroda Tashkenta pristupilo k testirovaniyu tak nazыvayemыx «body camer»
GUVD goroda Tashkenta pristupilo k testirovaniyu tak nazыvayemыx «body camer» - Sputnik Oʻzbekiston
YPX xodimlarining kunlik ish faoliyati, haydovchilar bilan oʻzaro muloqotini uzuluksiz yozib boradigan “body camera”lar sinovdan oʻtkazilmoqda.

TOSHKENT, 30 may – Sputnik. Toshkent shahar IIBB yoʻl nozirlari faoliyatini nazorat qilish uchun yon kameralarni sinovdan oʻtkazmoqda, IIBB xabariga asosan.

Videoqayd kamerasi post-patrul xizmati xodimining kiyimiga oʻrnatiladi va atrofda boʻlayotgan voqealarni yozib boradi. Bunday kameralardan foydalanganda guvohlar kerak boʻlmaydi.

Ushbu videokamera xodimning kunlik ish faoliyati, haydovchilar bilan oʻzaro muloqotini uzuluksiz yozib boradi. Kameralar yagona boshqaruv tizimiga ulangan boʻlib, markaziy apparat tomonidan boshqariladi.

YPX xodimi kamera yozuvini toʻxtatib qoʻya olmasligi, qayd etilgan tasvirni oʻchira olmasligi – tizimda korruptsiyaning oldini olishga, adolatli chora-tadbirlar koʻrishga yordam beradi.

Ushbu zamonaviy uskuna sinovdan oʻtgan taqdirda ulardan sohada keng foydalanish koʻzda tutilgan.

© GUVD g. TashkentaTashkentskiye inspektora DPS testiruyut natelnыe kamerы
Toshkentda yoʻl nozirlari yon kameralarni sinovdan oʻtkazmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Tashkentskiye inspektora DPS testiruyut natelnыe kamerы
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala