Jamiyat

Oʻzbekiston harbiylari "Tinchlik missiyasi — 2018" mashgʻulotlarida qatnashadi

“Tinchlik missiyasi – 2018” antiterror mashgʻulotlari doirasida Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bosh shtablari boshliqlarining yigʻilishi ham boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Chelyabinsk viloyatida SHHTga aʼzo sakkiz mamlakat harbiy delegatsiyalari shu yilning avgustida Chebarkul poligonida boʻlib oʻtadigan “Tinchlik missiyasi – 2018” oʻquv mashgʻulotlariga tayyorgarlikni muhokama qilish uchun jam boʻlishdi.

Ucheniya PVO - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Havo hujumidan mudofaa boʻyicha MDH davlatlari bilan bitim tuzish niyatida

Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.

"Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston harbiy vakillari Chelyabinsk viloyatidagi poligonda oʻtkaziladigan amaliy mashgʻulotlar rejasi hamda “Tinchlik missiyasi – 2018”da har bir mamlakatdan jalb etiladigan kuch va vositalar tarkibini muhokama qilishadi”, - deyiladi MHO matbuot xizmati xabarida.

“Tinchlik missiyasi – 2018” antiterror mashgʻulotlari doirasida Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bosh shtablari boshliqlarining yigʻilishi ham boʻlib oʻtadi.

“Tinchlik missiyasi” antiterror mashgʻulotlari SHHTga aʼzo mamlakatlar hududlarida ikki yilda bir marta oʻtkaziladi.

Oxirgi marta mashgʻulotlar 2016 yilda Qirgʻizistondagi Edelveys poligonida oʻtkazilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala