Mirziyoyev G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan kitob-albom chiqarish taklifini ma’qulladi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishParad sovetskix voysk v Prage
Parad sovetskix voysk v Prage - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev G‘alabaning 73-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida Ikkinchi jahon urushida qatnashgan o‘zbekistonlik askarlar haqida kitob-albom tayyorlab nashr etish taklifini bergan edi. Shu bugun kitob-albomni tayyorlash bo‘yicha prezident farmoyishi e’lon qilindi

TOShKENT, 31-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining "Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan munosib hissasiga bag‘ishlangan kitob-albomni nashr etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoyishi e’lon qilindi.

"…Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan munosib hissasi hamda ushbu tarixiy voqeaning 2020-yilda nishonlanadigan 75-yilligiga bag‘ishlangan kitob-albomni tayyorlash va nashr etish haqidagi taklifi ma’qullansin", — deyilgan hujjat matnida. 

Shuningdek, kitob-albomni tayyorlash va nashr etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tashkil etiladi.

Tashkiliy qo‘mitaning asosiy vazifalari Ikkinchi jahon urushida O‘zbekiston xalqi ko‘rsatgan mardlik va jasorat, el-yurtning g‘alabaga qo‘shgan munosib hissasi haqida tarixiy haqiqatni tiklash va uni kelgusi avlodlarga yetkazish; respublika va xorijiy mamlakatlardagi arxiv va muzeylarda saqlanayotgan mavzuga oid tarixiy hujjatlarni to‘plash va o‘rganish; Ikkinchi jahon urushi davrida frontda qatnashgan va front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizdan ularning xotiralarini yozib olish, shaxsiy albom va kutubxonalarida saqlanayotgan tarixiy materiallarni to‘plashdan iborat bo‘ladi.

Shuningdek, urush yillarida O‘zbekistonning iqtisodiy ahvoli, yurtimizga ko‘chirib keltirilgan hamda yangi qurilgan zavod va fabrikalar haqida ma’lumotlar yig‘iladi va o‘zbek xalqi tomonidan urush davrida O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan insonlarga, shu jumladan, ota-onasiz bolalarga ko‘rsatilgan mehr-muruvvatni, insonparvarlik fazilatlarini aks ettiriladi;

Tashkiliy qo‘mitaga kitob-albomni yuqori saviyada tayyorlash va nashr etish uchun vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari va mutaxassislarini, ekspertlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari vakillarini jalb etish huquqi beriladi.

Kitob-albomni tayyorlash va nashr etish bilan bog‘liq barcha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va O‘zbekiston prezidentining Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov zimmasiga yuklangan.

Yangiliklar lentasi
0