Dunyoda

Qozogʻistonda 12 yoshgacha boʻlgan bolalarni uyda yolgʻiz qoldirish taʼqiqlanishi mumkin

© Sputnik / Mixail Mordasov / Fotobankka oʻtishMalыshka
Malыshka - Sputnik Oʻzbekiston
Qozogʻistonda joriy yilda 100dan ortiq bolalar oynadan tushib ketgan. Respublikadagi ombudsmen ayni vaqtda hukumatga 12 yoshgacha boʻlgan bolalarni uyda yolgʻiz qoldirishni taʼqiqlash toʻgʻrisida qonun qabul qilishni taklif etmoqda

TOSHKENT, 31 may – Sputnik. Oʻn ikki yoshgacha boʻlgan bolalarni nazoratsiz qoldirishni taʼqiqlash bolalar huquqi boʻyicha vakil Zagipa Baliyeva tomonidan ilgari surilmoqda. Baliyeva bu haqda Qozogʻiston parlamenti majlisini ijtimoiy-madaniy rivojlantirish qoʻmitasining kengaytirilgan yigʻilishida aytgan.

Uning soʻzlariga koʻra, bola qayerda boʻlishidan qatʼiy nazar — xoh xususiy, xoh davlat tashkilotida boʻlsin, toʻlaqonli, savodli va xavfsiz himoya huquqiga ega.

"Menimcha, barcha bolalar muassasalarida videokuzatuv boʻlishi kerak boʻlgan vaqt keldi. Ehtimol, buni normaga kiritish kerakdir va biz buni hozir ishchi guruhda oʻrganmoqdamiz: ota-onalar 12 yoshgacha boʻlgan bolalarni nazoratsiz qoldirish huquqiga ega emas. Agar bola 12ga toʻlmagan boʻlsa, u hatto uyda yolgʻiz qola olmaydi", — deya iqtibos keltirgan Sputnik Qozogʻiston huquq himoyachisi soʻzlaridan.

Ota-onalar masʼuliyatini oshirishdan avval hukumat tomonidan sharoit yaratilishi, qoʻllab-quvvatlashlar boʻlishi lozim, deb taʼkidladi Baliyeva.

"Biz hukumatimizga mamlakatimizdagi har bir bola uchun bitta toʻgarak va bitta sport sektsiyasi respublika yoki mahalliy byudjetdan toʻlanishini taklif etmoqchimiz. Oʻshanda biz ota-onalar masʼuliyatini oshira olamiz, va ular bizga "mening sharoitim yoʻq" deya olmaydi. Men oʻylaymanki, davlatning bunga qurbi yetadi", — deb bayonot qildi ombudsmen.

Baliyeva shuningdek, oynalarni oʻrnatishdagi yangi qurilish normalari va qoidalari xususida soʻzladi.

"Bizda 100dan ortiq bolalar oynadan tushib ketganini bilasizlarmi? Hozirda davlat organlari bilan birgalikda qurilish normalari va qoidalarini qayta koʻrib chiqdik. Hozir "Atameken", tadbirkorlar bilan uchrashayapmiz. Oyna ishlab chiqaruvchilar, ishlab chiqarishni qayta koʻrib chiqadi, oʻrnatib boʻlganlar uchun esa himoya vositalari bor", — deb tushuntirdi ombudsmen.

Oʻz chiqishi yakunida Baliyeva Qozogʻiston uchun zoʻravonlikni taʼqiqlash toʻgʻrisidagi qonunchilik loyihasi zarurligini taʼkidlab oʻtdi.

"Oʻylab koʻringlar, — bizning bolalarimizni himoya qiladigan qonunlarda, ularning birortasida zoʻravonlikka taʼqiq yoʻq. Faqatgina keyingi javobgarlik bor — bolani oʻldirganlik, uni urganlik uchun jinoiy javobgarlik. Biz tayyorlayotgan qonunchilik hujjatida shu jumladan zoʻravonlikka taʼqiq boʻladi", — deb xotima qildi ombudsmen.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala