Siyosat

Qudratxoʻjayev MGU bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi

© Mejdunarodnыy press-klubSherzod Kudratxodjayev
Sherzod Kudratxodjayev - Sputnik Oʻzbekiston
Shu kunlarda yangi ochilgan Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti vakillari ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish masalasi boʻyicha Osiyo va Yevropa mamlakatlari faoliyatini oʻrgana boshladilar

TOSHKENT, 31 may — Sputnik. Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti rektori Sherzod Qudratxoʻjayev va MDU jurnalistika fakulteti dekani Yelena Vartanova oʻzaro hamkorlik haqida Memorandum imzoladilar.

Bu haqda universitet rektori etib tayinlangan Qudratxoʻjayev oʻzining Feysbukdagi sahifasida xabar qildi. Xabarda aytilishicha, shu kunlarda yangi ochilgan Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti vakillari ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish masalasi boʻyicha Osiyo va Yevropa mamlakatlari faoliyatini oʻrgana boshladilar. 

Xususan, Qudratxoʻjayev boshchiligidagi delegatsiya Sankt-Peterburg universiteti qoshidagi Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar instituti hamda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti jurnalistika fakulteti faoliyatini oʻrgandilar.

Moskva Davlat universiteti jurnalistika fakulteti dekani Yelena Vartanova Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etilishini "taʼlim va maʼnaviy muhitdagi juda muhim qadam", deb baholagan va muborakbod etgan.

"Bu tashabbus taʼlim rivojlanishidagi zamonaviy trendlarni oʻzida aks etadi, chunki jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar jamiyat, davlat va biznes faoliyatining oʻta muhim yoʻnalishiga aylanmoqda. Oʻylaymanki, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini ochish – ajoyib gʻoya. Zero, bugungi kunda media sohasi texnologiya, madaniyat, tillar, professional va axloqiy standartlarni oʻzida mujassam etgan haqiqiy global hodisa boʻlib shakllanmoqda",  — degan Vartanova.

Taʼkidlanishicha, yaqin kunlarda boshqa davlatlar, jumladan Koreya Respublikasi, Turkiya va Germaniya tajribasini oʻrganish va ular bilan ham memorandumlar tuzish koʻzda tutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala