Siyosat

Medvedev va Rahmon uchrashuvi: Moskvadagi tojik migrantlari hayoti yengillashadimi?

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Fotobankka oʻtishRabochiy vizit premyer-ministra RF D. Medvedeva v Tadjikistan
Rabochiy vizit premyer-ministra RF D. Medvedeva v Tadjikistan - Sputnik Oʻzbekiston
Dushanbe shahrida Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon muzokaralari boʻlib oʻtdi. Tomonlar Moskva va Dushanbe oʻrtasidagi strategik hamkorlikning barcha qirralari borasida suhbatlashdi

TOSHKENT, 31 may — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Rossiya Hukumati rahbari Dmitriy Medvedev Dushanbe shahrida oʻtkazilgan muzokaralar vaqtida mehnat migratsiyasi va taʼlim mavzularini muhokama qildilar, deb xabar qildi Tojikiston prezidenti matbuot-xizmati.

Aytilishicha, Rossiya Bosh vaziri va Tojikiston rahbari oʻrtasidagi muzokaralar payshanba kuni boʻlib oʻtdi, tomonlar Moskva va Dushanbe oʻrtasidagi strategik hamkorlikning barcha jabhalarini muhokama qildilar.

Rahmon Medvedevni Rossiya Hukumati raisi lavozimiga tayinlangani bilan tabriklagan va uning Tojikistonga safari — yangi qayta tayinlangan RF Vazirlar Mahkamasi rahbari maqomidagi ilk xorijiy safari ekanligini taʼkidlab oʻtgan.

Tojikiston yetakchisi shuningdek, "Rossiya bilan munosabatlarni rivojlantirish mamlakat tashqi siyosatining ustuvor jihatlaridan biridir", deb qayd etgan ishonch bilan.

Tojikiston prezidenti matbuot-xizmati xabariga koʻra, Rahmon va Medvedevmadaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik masalalarini muhokama qilganlar va bu yoʻnalishda hamkorlikda taʼsirchan choralarni qabul qilish lozim, degan fikrga kelganlar.

Xususan, tojik fuqarolari orasida rus tilida taʼlim olish borasida oshib borayotgan qiziqishlarni qoniqtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish muhimligiga urgʻu berilgan, Rossiya oliy taʼlim dargohlarida tojik yoshlarining taʼlim olish masalasiga, shuningdek, Tojikistonda rus tilida taʼlim beradigan umumtaʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish borasida avvalroq erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish masalalariga ham eʼtibor qaratilgan.

Tojikiston prezidenti Rossiya tomonidan Tojikistonda rus tilida taʼlim beriladigan beshta maktabning qurilish jarayoni tezlashtirilishi muhimligini qayd etgan hamda Tojikistonga yuborilayotgan rossiyalik oʻqituvchilar tarkibi koʻpaytirilishi lozimligini taʼkidlagan.

Mehnat migratsiyasi haqida gapirar ekan, Medvedev va Rahmon tojik mehnat migrantlarining Rossiyada boʻlish tartibi soddalashtirilishi, ularning ijtimoiy taʼminoti yaxshilanishi hamda mehnat migrantlari Rossiya mehnat bozoriga uyushqoqlik bilan jalb qilinishi masalalarini muhokama qilganlar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala