Migratsiya

Sevsang ketmaysan: migrantlarga rossiyalik xotinlaridan uzoqda yashash taqiqlanadi

Ishlab chiqilgan loyiha oʻzaro turmush qurishga toʻsqinlik qilmaydi. Faqat hisob-kitob bilan oila qurganlar uchun muammo paydo boʻlishi mumkin.

TOSHKENT, 31 may — Sputnik. Rossiyaning qonun loyihalari boʻyicha hukumat komissiyasi soxta nikohlarni yoʻqqa chiqaruvchi qonun loyihasini koʻrib chiqdi.

Xorijlik fuqarolarning huquqiy holati haqidagi qonunga kiritiladigan oʻzgarishlar chet ellik erlarning oiladan uzoqda boʻlishlarini taqiqlaydi. Migratsiya xizmati buni qatʼiy nazoratga oladi.

"Loyiha soxta nikohlar qayd etilishini kamaytirishga qaratilgan, — dedi yuristlar assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Vladimir Gruzdev "Rossiyskaya gazeta" bilan suhbatda. — Aksariyat xorijlik fuqarolar mamlakatimizda yashashga belgilangan kvotadan tashqari ruxsat olish uchun soxta nikohlardan foydalanishmoqda".

Ishlab chiqilgan loyiha oʻzaro turmush qurishga toʻsqinlik qilmaydi. Faqat hisob-kitob bilan oila qurganlar uchun muammo paydo boʻlishi mumkin.

Remont v kvartire, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Voronejlik ayol bepul remont uchun tojik erkakka turmushga chiqdi

"Tabiiyki, insonning oʻz oilasi bilan yashash huquqi hech qachon gumon ostiga olinmaydi, — taʼkidladi Vladimir Gruzdev. — Ammo oilani muhofaza qiladigan meʼyorlar vijdonsiz fuqarolar tomonidan suiisteʼmol qilinmasligi lozim".

Masalan, yaqinda Permda yashovchi ayolning soxta nikohi maʼlum boʻldi.

Prokuraturaning aniqlashicha, ayol xorijlik fuqarolardan biri bilan turmush qurgan. Buning uchun u besh ming rubl pul olgan. Ular bir kun ham birga yashashmagan, birgalikdagi mulki ham boʻlmagan. Ammo xorijlikning pasportidagi muhr unga doimiy yashash uchun daʼvogarlik maqomini bergan.

Perm oʻlkasi prokuraturasining maʼlum qilishicha, prokuror tuman sudiga nikohni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida soʻrov yoʻllagan. Sud bu soʻrovni qanoatlantirgan. Bunday holatlar butun mamlakat boʻyicha oshib bormoqda.

"Xorijlik fuqaro yashash joyini oʻzgartirish huquqiga ega boʻlmaydi va ayniqsa boshqa hududga koʻchib ketishga, — dedi Vladimir Gruzdev. — Agarda oilaviy sharoit tufayli koʻchish zaruriyati tugʻilsa, u holda rozilik jarayoni koʻzda tutiladi".

Gruzdevning taʼkidlashicha, bu qonun Rossiya fuqarolarining mamlakat boʻylab harakatlanishlarini taqiqlamaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala