Jamiyat

Oʻzbekistonda eng ommabop boʻlgan ijtimoiy tarmoq oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatadi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Fotobankka oʻtishSpetsproyekt "Obucheniye planshetnoy gramote" dlya lyudey starshego vozrasta v Moskve
Spetsproyekt Obucheniye planshetnoy gramote dlya lyudey starshego vozrasta v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Ijtimoiy tarmoq 3 iyuldan toʻxtatiladi, shu munosabat bilan tarmoq maʼmuriyati barcha foydalanuvchilardan muhim boʻlgan maʼlumotlarni saqlab qolish choralarini koʻrishni soʻradi.

TOSHKENT, 31 may — Sputnik. Muloqot.uz ijtimoiy tarmogʻi oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatmoqda. Bu haqda ushbu tarmoqning rasmiy veb saytida eʼlon berilgan.

Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada halol ishlayotgan internet manbaalarining "Oq roʻyxati" tuziladi

Unda aytilishicha, Muloqot.uz tarmogʻidan foydalanish imkoniyati vaqtinchalik toʻxtatilishi 3 iyuldan amalga oshiriladi.

"Muloqot.uz ijtimoiy tarmoqning yangilangan versiyasi ishga tushirilganda, barcha foydalanuvchilar elektron pochta orqali xabardor qilinadi", — deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, "Simple Networking Solutions" kompaniyasi 2011 yilda Muloqot.uz ijtimoiy tarmoqni yaratib, ishga tushirgandi. Keyinchalik bu tarmoq Oʻzbekistonda eng ommabop ijtimoiy tarmoqqa aylandi.

Muloqot.uz ijtimoiy tarmogʻi oʻzbek va rus tillarida oʻz ish faoliyatini olib borgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala