Iqtisod

“Oʻzavtosanoat” elektromobillar ishlab chiqarish boʻyicha ish olib bormoqda

© podrobno.uzElektrokar Tesla prinadlejaщiy dvum puteshestvennikam iz Shveytsarii Magdalene i Benediktu
Elektrokar Tesla prinadlejaщiy dvum puteshestvennikam iz Shveytsarii Magdalene i Benediktu - Sputnik Oʻzbekiston
Yaqin ikki oyi ichida Oʻzbekistonda elektromobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha respublika kontseptsiyasi ishlab chiqiladi.

TOSHKENT, 31 may – Sputnik. “Oʻzavtosanoat” kompaniyasida maxsus guruh elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda payshanba kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qilgan kompaniya rahbari Umidjon Salimovga tayanib “Daryo.uz” xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Salimov bir oy ichida Toshkentga Chevrolet Bolt elektrokari va Xitoyning JAC avtokompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektromobil keltirilishi kutilayotganligini maʼlum qilgan. Bu avtomobillar butun Oʻzbekiston boʻylab — Andijondan tortib Qoraqalpogʻistongacha boʻlgan yoʻllarda sinovdan oʻtkaziladi.

“Biz maxsus guruh tashkil etganmiz. Toshkentdagi Turin universiteti huzurida tashkil etilgan UzAuto Innovation Center innovatsiya markazi elektromobillarni tatbiq etish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etishni masalalari bilan ham shugʻullanadi. Biz uchun bu yangi yoʻnalish va bu boʻyicha ishlayapmiz”, — deya maʼlum qilgan “Oʻzavtosanoat” rahbari.

Finansovыy spetsialist Volvo Sherzod Djalilov - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Volvodagi oʻzbek yigiti: kelajak elektromobillar va ishidan zavq oladigan yoshlarniki

Umidjon Salimovning qayd etishicha, yaqin ikki oyi ichida Oʻzbekistonda elektromobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha respublika kontseptsiyasi ishlab chiqiladi.

“Elektromobillar ishlab chiqarish boʻyicha salohiyatli hamkorlar bilan boʻlajak tegishli muzokaralar esa, katta ehtimol bilan, yarim yil ichida yakuniga yetadi. Chunki ‘Oʻzavtosanoat”ning hozirgi hamkorlarining deyarli barchasi elektromobillar ishlab chiqarish bilan ham shugʻullanadi”, — deya qoʻshimcha qilgan Umidjon Salimov.

Maʼlum qilinishicha, elektromobillar uchun zarur infratuzilmani yaratish masalasi “Oʻzavtosanoat”ning “Oʻzbekenergo” kompaniyasi bilan muhokama mavzusidir.

“Bu juda murakkab masala. Bunga hozir birdan javob berish juda ogʻir. Ishlab chiqaruvchi sifatida aytishim mumkin boʻlgani — biz elektromobillar ishlab chiqarish masalasi ustida hozirdanoq ishlayapmiz”, — degan “Oʻzavtosanoat” rahbari.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala