Jamiyat

Oʻzbekiston va Frantsiya ekstraditsiya toʻgʻrisida shartnoma tuzishni muhokama qildi

© Sputnik / Vadim SavitskiyVo vremya podpisaniya dokumentov
Vo vremya podpisaniya dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Frantsiya elchisi huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar xodimlari uchun Frantsiya davlatidan soha mutaxassislari, ekspertlarni jalb etgan holda birgalikdagi oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishga qiziqish bildirdi.

TOSHKENT, 31 may – Sputnik. Oʻzbekiston bosh prokurori Otabek Murodov va Frantsiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Violen de Vilmor oʻzaro uchrashuvda ikki davlat ekstraditsiya va huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar tuzish borasida muzokara oʻtkazdi.

Zdaniye Generalnoy prokuraturы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi va FBR "yoʻl xaritasi"ni imzoladi

Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning keng yoʻnalishlari, jumladan, ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa turlariga qarshi kurash hamda investorlarni huquqiy qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha fikr almashdilar.

"Frantsiya elchisi huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar xodimlari uchun Frantsiya davlatidan soha mutaxassislari, ekspertlarni jalb etgan holda birgalikdagi oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishga qiziqish bildirdi”, - deyiladi Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabarida.

Xabarda aytilishicha, Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va erishilgan yutuqlar Violen de Vilmor tomonidan yuqori baholandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala