O‘zbekistonda iyuldan Matiz ishlab chiqarish to‘xtatiladi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishPrezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON
Prezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“GM Uzbekistan” iste’molchilar oldida o‘z majburiyatlari bajarilishini va avtomobillarni tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z vaqtida va to‘laligicha yetkazib berilishini alohida ta’kidlamoqda.

TOShKENT, 31-may – Sputnik. 2018-yilning iyul oyidan e’tiboran “GM Uzbekistan” AJ ishlab chiqarish quvvatlarida “Matiz” rusumli avtomobillarni yig‘ish yakunlanadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

“Ushbu qaror modellar qatorini yangilash borasidagi strategiyasiga muvofiq hamda ushbu avtomobilning texnik eskirganligini inobatgan olgan holda qabul qilindi. Shu munosabat bilan ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarga arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatildi”, - deyiladi xabarda.

“GM Uzbekistan” iste’molchilar oldida o‘z majburiyatlari bajarilishini va avtomobillarni tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z vaqtida va to‘laligicha yetkazib berilishini alohida ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Matiz avtomobili Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqarilishi o‘zlashtirilgan to‘rtinchi model bo‘lib, 2001-yil avgust oyidan yig‘ila boshlangan. 2004-yil dekabr oyida dvigatel hajmi 1 l bo‘lgan “Matiz Best” xamda avtomatik uzatma qutili modifikatsiyalari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Matiz avtomobillari kichik hajmli avtomobillar sinfiga tegishli bo‘lib, ushbu sinfdagi avtomobillarga bo‘lgan ehtiyoj “Spark” avtomobillarini ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish orqali qoplanishi aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0