Sport

Gubernator kubogi: oʻzbekistonlik barcha bokschilar medallarga sazovor boʻldi

Umumjamoa hisobida Oʻzbekiston terma jamoasi 4ta oltin, 3ta kumush, 3ta bronza medali bilan ikkinchi oʻrinni band etdi.

TOSHKENT, 1 iyun – Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks boʻyicha Gubernator kubogi musobaqasi yakunlandi.

Xalqaro turnirning final janglarida oʻzbekistonlik 7 nafar bokschi ringga koʻtarildi.

Ulardan ikki nafari - Shahobiddin Zoirov va Miraziz Mirzahalilov bir-birlariga raqib boʻldi.

Miraziz Mirzahalilov, Isroil Madrimov, Bektemir Meliqoʻziyev va Bahodir Jalolov oltin medal, Hasanboy Doʻsmatov, Shunqor Abdurasulov, Shahobiddin Zoirov kumush va Jasurbek Latipov, Iqboljon Xoldorov,  Sanjar Tursunovlar bronza medali bilan taqdirlanishdi.

Umumjamoa hisobida Oʻzbekiston terma jamoasi 4ta oltin, 3ta kumush, 3ta bronza medali bilan ikkinchi oʻrinni band etdi. Rossiya terma jamoasi 4ta oltin, 4ta kumush, 3ta bronza medali bilan birinchi oʻrinni egalladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala