Jamiyat

Mirziyoyev: yangi aeroport milliy madaniyatimizni, bagʻrikengligimizni koʻrsatib tursin

© Press-slujba prezidenta Respubliki UzbekistanPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 1 iyunya oznakomilsya s xodom rabot, osuщestvlyayemыx na aerodrome v Kibrayskom rayone
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 1 iyunya oznakomilsya s xodom rabot, osuщestvlyayemыx na aerodrome v Kibrayskom rayone - Sputnik Oʻzbekiston
Qibray tumanida 2018-2020 yillarda biznes aviatsiyasi uchun zamonaviy aeroport qurilishi belgilangan.

TOSHKENT, 1 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 iyun kuni Qibray tumanidagi aerodromda amalga oshirilayotgan ishlarni borib koʻrdi.

Bu yerda 2018-2020 yillarda biznes aviatsiyasi uchun zamonaviy aeroport qurilishi belgilangan. Loyihani ikki bosqichda amalga oshirish – birinchi bosqichda 4 kilometrlik uchish-qoʻnish yoʻlagi va soatiga 250 yoʻlovchini oʻtkazish imkoniyatiga ega terminal barpo etish, ikkinchi bosqichda qoʻshimcha infratuzilma obʼyektlari, mehmonxona majmuasi qurish rejalashtirilgan.

“Aeroportda eng katta yuk tashuvchi samolyotlarni qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish uchun barcha sharoit yaratiladi. Bu mamlakatimiz transport va tranzit salohiyatini yanada oshirib, tashqi savdo rivojiga katta hissa qoʻshadi”, - deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Hozirgi kunda bu yerda loyihalashtirish va umumiy qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Eski uchish-qoʻnish yoʻlagi butunlay olib tashlanmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur ishlarni koʻzdan kechirdi. Aeroportda bunyod etiladigan obʼyektlar loyihalarini takomillashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

“Xorijiy delegatsiyalarni kutib olish binosi milliy madaniyatimizni, bagʻrikengligimizni koʻrsatib tursin. Samolyotdan tushgan odamning kayfiyatini koʻtaradigan, mehmonlarga va ishbilarmonlarga har tomonlama maʼqul keladigan boʻlsin”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari qurilishda issiq ranglardan koʻproq foydalanish, aeroport hududini koʻkalamzorlashtirish, drenaj tizimini oqilona yoʻlga qoʻyish zarurligini taʼkidladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala